logo
O‘zbekcha

2-METIL-6-NITROXINAZOLIN-4-ONNING VILGERODT-KINDLER REAKSIYASINI AMALGA OSHIRISH

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss5/a125

Kalit so‘zlar:

xinazolin, uch komponentli, katalitik, multikomponentli, geterosiklik, qayta amidlash, elektronoakseptor, xinazolon, dimetilsulfoksid.

Annotatsiya

Xinazolin hosilalari ham nazariy, ham amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir. Ular orasida qishloq xo‘jaligi uchun (fungisidlar, bakterisidlar, insiktisidlar  va ko‘plab o‘simliklar o‘sishining stimulyatorlari) biologik faol moddalar topilgan. Masalan, peganum harmala (isiriq) o‘simligidan ajratib olingan. Sintetik usulda ajratib olingan dezosipeganin tibbiyotda antixolinesteraz preparat sifatida ishlatilib kelinmoqda. Xinazolin tioamidlari molekulasida bir necha faol markazlar, jumladan; 2-holatdagi tioamid guruhi (C=S), 1- va 3- holatlardagi endosiklik va ekzosiklik azot atomlari, 4-holatdagi karbonil guruhi hamda benzol halqasining borligi ushbu birikmalar bilan elektrofil, nukleofil almashinish reaksiyalarini bir yoki bir nechta reaksion markazlarga borishi mumkinligini ko‘rsatadi. 2-Metil-6-nitroxinazolin-4-on va uning tioamidlarini olish reaksiyalarini o‘rganish juda muhimdir. Adabiyot ma’lumotlariga asoslangan holda olinayotgan tioamidlardan ko‘plab biologik faol bo‘lgan birikmalarni izlash mazkur ishning dolzarbligini ko‘rsatadi. 

Ushu maqolada 2-metil-6-nitroxinazolin-4-onning turli sharoitlarda tioamidlovchi reagentlar bilan reaksiyalari uch komponentli katalitik usulda amalga oshirildi. Reaksiya reagentlarning dimetilsulfoksidli aralashmasi ishtirokida moy hammomida qizdirib olib borildi. Reaksiya natilasida yuqori unumlar bilan 6-nitroxinazolin-4-il-2-tiokarbon kislota tioamidlari sintez qilib olingan.

Olingan moddalarning tuzilishi zamonaviy fizik tadqiqot usullari IQ-, 1H va 13C YaMR-spektrlari yordamida tahlil qilingan.

Mualliflar haqida

  • Pirnazarova Nasiba Baymanovna, Qarshi davlat universiteti

    Qarshi davlat universiteti, k.f.f.d (PhD)., dotsent

  • Nematov G‘ayrat Raxmatulla o‘g‘li, Qarshi davlat universiteti

    Qarshi davlat universiteti, magistr

Adabiyotlar

1. Гордон А., Форд Р. Спутник химика. Физико-химические свойства, методики. –Мир: Москва. –1976. –541 с.

2. Пирназарова Н.Б., Бобоёрова Ш., Якубов У.M., Элмурадов Б.Ж. 2-Метилхиназолон-4-онни N-алкиллаш реакцияларини ўрганиш // Республиканская научно-практической конференция: «Актуальные проблемы очистки нефти и газа от примесей различными физико-химическими методами». 2019, 27 апрель. -Қарши. -С.414.

3. Абдуллаев С.С., Аллабергенова С.М., Зулпанов Ф., Пирназарова Н.Б., Мамадрахимов А.А., Якубов У.М., Элмурадов Б.Ж. Синтез и структурное исследование 2-метил-3-гексилхиназолин-4-она // “Мирзо Улуғбек номидаги ЎзМУ профессори, кимё фанлари доктори Акбаров Ҳ.И. таваллудининг 70 йиллиги ҳамда илмий фаолиятининг 45 йиллигига бағишланган “Кимёнинг долзарб муаммолари” мавзусидаги республика илмий-амалий анжумани. 2021, 4-5 Февраль. –Тошкент. -268 б.

4. Абдуллаева М.Ў, Обидова И.А., Пирназарова Н.Б., Якубов У.М., Абдуллаев С.С., Мамадрахимов А.А., Элмурадов Б.Ж. Синтез лиганда 2-метил-3-гептилхиназолин-4-она // Функционал полимерлар фанининг замонавий ҳолати ва истиқболлари. Профессор ўқитувчилар ва ёш олимларнинг илмий- амалий анжумани материаллари. Ўзбекистон Миллий университети, 19-20 Mарт, 2020, -Тошкент. -323 б.

5. Пирназарова Н.Б., Якубов У.М., Эгамов Д.И. Осмонов З.С., Шахидоятов Х.М. // Синтез и химические превращения 6-нитро-хиназолинон-4-ил-2-тиоамидов. Химия и химическая технология. –2011. –№2. –С.25-27.

6. Санаев Ж.С., Пирназарова Н.Б., Якубова М.М., Якубов У.М. Синтез 6-нитрохиназолон-4-ил-2-тиоамидов // Қарши муҳандислик–иқтисодиёт институти. Нефт ва газ саноати кимёвий технологияларининг долзарб муаммолари. 2009, 24-25 апрель. –Қарши. -13–14 б.

7. Pirnazarova N., Yakubov U., Allabergenova S., Tojiboev A., Turgunov K., Elmuradov B. Crystal structure and Hirshfeld surface analysis of 3-methyl-4-oxo-N-phenyl-3,4-dihydroquinazoline-2-carbothioamide // - Acta Cryst., -2022. –Р.47-50.

8. Pirnazarova N.B., Yakubov U.M., Khodjaniyazov Kh.U., Shakhidayatov Kh.M. Amides of 6-nitroquinazoline-4-yl-2-thiocarbonic acid - potential biologically active compounds // Abstracts of 9th International Symposium on the Chemistry of Natural Compounds. 16-19 October, 2011. Urum-qi, Xinjiang, China. -P.121.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-01-27

Qanday iqtibos keltirish

2-METIL-6-NITROXINAZOLIN-4-ONNING VILGERODT-KINDLER REAKSIYASINI AMALGA OSHIRISH. (2026). Scientific Journal of the Fergana State University, 31(5), 125. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss5/a125