BADRIDDIN AL-AYNIY VA UNING AMIR TEMUR HAQIDA QARASHLARIGA UMUMIY TAVSIF
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss5/a73Kalit so‘zlar:
Amir Temur, Badriddin al-Ayniy, Samarqand, Arab, Islom dini, harbiy strategiya, diplomatiya, tinchlik bitimi, madrasa, kutubxona.Annotatsiya
Badriddin al-Ayniy (1361–1451) — Misrda faoliyat yuritgan yirik fiqhshunos va muarrixlardan biri boʻlib, oʻzining keng qamrovli tarixiy asarlarida Movarounnahr hududidagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy jarayonlarga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, Temuriylar davriga oid ma’lumotlar al-Ayniy asarlarida puxta tahlil qilingan. Uning “Iqd al-juman fi tarikh ahl al-zaman” (“Zamondoshlar tarixi haqida dur marjonlar”) nomli asarida Amir Temur va uning vorislarining siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi va ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi keng yoritilgan. Al-Ayniy Temurni mohir sarkarda, adolatli hokim sifatida tasvirlaydi. U Samarqanddagi obodliklar, madrasa va kutubxonalar haqida ijobiy fikr bildirgan. Shuningdek, uning “Iqd al-juman fi tarikh ahl al-zaman” asarida Temuriylar sulolasining Misr va boshqa mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ayniy bu asarlarida Movarounnahr hududidagi siyosiy barqarorlikni islomiy dunyoning boshqa mintaqalari bilan solishtirib, bu еrda ilm-fan, madaniyat va iqtisodiyotning rivojlanganini e’tirof etadi. Ayniy yondashuvida tarixiy voqealarga nafaqat xolis tarixchi sifatida, balki fiqhshunos va din peshvosi sifatida ham yondashgan. U uchun adolatli boshqaruv, diniy qadriyatlarning saqlanishi va ilm-fanga e’tibor asosiy mezon bo‘lgan. Shuning uchun u Movarounnahrni o‘sha davrda musulmon dunyosining eng nufuzli ilmiy markazlaridan biri sifatida tasvirlaydi.
Adabiyotlar
1. Badr al-Din al-‘Ayni, Iqd al-juman fi tarikh ahl al-zaman (Qohira: Dar al-Kutub, n.d.); Beatrice Forbes Manz, The Rise and Rule of Tamerlane (Cambridge: Cambridge University Press, 1989).
2. Badr al-Din al-‘Ayni, al-‘Iqd al-Durar (Qohira: Maktabat al-Khaniji, n.d.); Beatrice Forbes Manz, The Rise and Rule of Tamerlane (Cambridge: Cambridge University Press, 1989).
3. Ibn Hajar al-Asqaloniy. Al-Durar al-Kamina fi A‘yan al-Mi’a al-Samina. Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 1993.
4. Al-Maqriziy, Taqiy al-Din. Kitob al-Suluk li Ma‘rifat Duval al-Muluk. Qohira: Al-Hay’a al-‘Amma li Shu’un al-Matobi‘ al-Amma, 2002.
5. Ibn Xaldun. Al-Muqaddima. Bayrut: Dar al-Fikr, 2004.
6. Barthold, V. V. Sochineniya. II tom, I qism: Timur va uning vorislari. Moskva: Nauka, 1964.
7. Manz, B. F. Temurning yuksalishi va hukmronligi. Cambridge: Cambridge University Press, 1989.
8. Bosworth, S. E. “Temur.” Islom ensiklopediyasi, yangi nashr, X jild, 484–490-betlar. Leyden: Brill, 2000.
9. Zimonyi, István. Mo‘g‘ullar va tatarlar tarixi bo‘yicha musulmon manbalari. Budapesht: Gumanitar fanlar tadqiqot markazi, 2020.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.