logo
O‘zbekcha

TOSHKENT VILOYATI YANGIYO‘L TUMANIDAGI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss3/a197

Kalit so‘zlar:

: kimyoviy tahlil, och tusli bo‘z, o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi-botqoq, gumus, azot, kaliy, allyuvial jinslar, sug‘orish, daryo konus yoyilmalari, oziq elementlar, yotqiziq, terrasa.

Annotatsiya

Ushbu maqolada Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining I-V qayir usti terrasalarida shakllangan sug‘oriladigan tuproqlarining hozirgi agrokimyoviy xossa-xususiyatlarini antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari keltirilgan. O‘rganilayotgan hududning Xalqabod massivida tarqalgan Chirchiq daryosining yuqori qismidagi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar 523,8 gektar bo‘lib bu tuproqlar lyossli tog‘ oldi tekisliklarining past-baland qir-adirlar tizmasida shakllangan, prolyuvial-delyuvial lyossimon, kam holatlarda skeletli yotqiziqlaridan tashkil topgan. Ulug‘bek massivining sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlari 1128,21 gektarni tashkil etadi. Bu tuproqlar asosan tipik bo‘z tuproqlar mintaqasidagi Chirchiq daryosining V-IV-III qayir usti terassalarida tarqalgan, allyuvial yotqiziqlardan hosil bo‘lgan. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar Zarafshon massivining 1958,16 gektar maydonini tashkil etib, tipik bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalgan. Ularning eng ko‘p maydonlari Chirchiq daryosining I va II qayir usti terassalarida uchraydi. Yangi Hayot massivida o‘tloqi tuproqlar tarqalgan maydoni 1958,16 ga bo‘lib sug‘orish natijasida tuproqlarning agrokimyoviy xossa-xususiyatlari o‘zgargan. Yuksalish massivida tarqalgan botqoq tuproqlar maydoni 264,4 ga bo‘lib sizot suvlarining yaqin joylashganligi bilan boshqa massiv tuproqlaridan ajralib turadi. Ushbu massivlarda tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy tahlili, gumus va oziqa elementlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilgan bo‘lib, tuproqlar unumdorligi, mahsuldorligi va ekinlar hosildorligini oshirishga qaratilgan takliflar berilgan.

Mualliflar haqida

  • Yorqinoy Nazarova , O‘zbekiston Milliy universiteti

    O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti tayanch doktaranti.

  • Gulchexra Nabiyeva, O‘zbekiston Milliy universiteti

    O‘zbekiston Milliy universiteti, biologiya fanlari doktori, professor v.b.

  • Najmiddin Nurgaliyev, Termiz davlat universiteti

    Termiz davlat universiteti, biologiya fanlari bo‘yich falsafa doktori PhD.

Adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida еr va suv resurslaridan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmoniga.

2. X.Q.Nomozov, Sh.M. Turdimetov. O‘zbеkiston tuproqlari va ularning evolutsiyasi. Darslik. -T.: “Fan va texnologiya”, 2016, -B.256.

3. Xudoyqulova S, Ismoilob D, Shomurodova D, Tojiyeva M. Organik o‘g‘itlarning tuproq agrokimyoviy xossalari hamda g‘o‘za o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri // Scientific approach to the modern education system. 2023, -B.14-17.

4. Qurvantaev R., Musurmanov A., Xalilova Z., Solieva N. Chirchiq-Ohangaron havzasida tarqalgan еrlarning granulometrik tarkibi // O‘zbekistonda еr resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yеchimlar. 2023. -B. 209-215.

5. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. М.: 1985. Агоропромиздат. -С. 248-255.

6. Методы агрохимических анализов почв и растений Средней Азии. Издание Тошкент: 1977. 12, -18 б.

7. Toshqo‘ziev M.M. Tuproqda umumiy gumus va xarakatchan gumus moddalari miqdoridan uning unumdorligi ko‘rsatgichi sifatida foydalanishga doir uslubiy ko‘rsatmalar. Toshkent. 2006. - 47 b.

8. Qo‘ziev R, Abduraxmonov N, Ismonov A. va boshqalar. Davlat еr kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq kartalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma. Toshkent, 2013. - 48 b.

9. Aринушкинa Е.В. Рукoвoдствo пo химическoму aнaлизу пoчв. -Мoсквa. Изд. МГУ, -1970. - С.490.

10. Qo‘ziev R, Sektimenko V, Ismonov A. O‘zbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari atlasi. Toshkent, 2010. - 44 b.

11. Nabiyeva G.M., Nazarova Y.N., Jabborov O.A. Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani sugʻoriladigan еrlarining umumiy tavsifi // O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi. № 2 (14) 2024. –B. 49-52.

12. Раззаков А, Исмонов А. Почвенно-географическое районирование и земельные ресурсы Узбекистана // Материалы Всероссийской научно-практической конференции с международным участием к 85-летию Почвенного института им В.В.Докучаева. На тему: «Почвоведение в России: вызовы современности, основные направления развития». Москва, 2012. -С. 726-729.

13. O‘zbekiston Respublikasining Yer fondi. Toshkent viloyati qishloq xo‘jalik korxona va tashkilotlarining foydalaniladigan еrlari. 2023. - 165 b.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-01-23

Qanday iqtibos keltirish

TOSHKENT VILOYATI YANGIYO‘L TUMANIDAGI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI. (2026). Scientific Journal of the Fergana State University, 31(3), 197. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss3/a197