logo
O‘zbekcha

ANVAR OBIDJON LIRIKASIDA SEMIOTIK XUSUSIYATLAR

Mualliflar

  • Qahhor Yo‘lchiyev

    Fergana State University

Kalit so‘zlar:

she’r, uchlik, semiotika, kod, belgi, badiiy estetik-funksiya, lirik kechinma, struktur o‘zgarish, lirik subyekt.

Annotatsiya

Maqolada iste’dodli shoir Anvar Obidjon uchlik she’rlari tahlili orqali ХХ asr so‘nggi choragida o‘zbek she’riyatida yuz bergan struktural o‘zgarishlr haqida fikr yuritish maqsad qilingan. Kirish qismida muammoning dolzarbligi izohlangan. Xususan, ozgina so‘z bilan teran mazmun ifodalash, uch qatorli she’rda katta badiiy-ijtinoiy g‘oyalar yoritiishinu o‘rganish zarurati asoslangan. Semiotikaning nazariy asoslari hamda struktural tahlilga oid ilmiy-nazariy adabiyotlarga munosabat bildirilib, manbalarga asoslangan holda maqolaning metodologiysiga aniqlik kiritilgan. Bunda struktural tahlil asosida semiotik xususiyatlarning  lirikadagi o‘rni ochib beriladi. Buning uchun ilmiy adabiyot tahlilidan kelingan asosiy natijalar belgilab olingan. Kichiik she’rda har bir belgi, tovush, so‘z bo‘lib, o‘quvchini assotsiativ fikrlashga undashi va shu yo‘l bilan uch misrali she’rning mazmuniy qatlami teranlashishi ta’kidlangan. Tahlil qismida esa uchlik she’rlar tahlil etilib, shoirning badiiy-ijtimoiy g‘oyalari, lirik kechinmalari aniq detal, badiiy kod yordamida ifodalanishi ilmiy isbotlangan. Tahlil davomida muallif  Atoulloh Husayniy, Nikola Bualo, Yuriy Lotman,  Menegetti Аntonio kabi taniqli olimlarning ilmiy-nazariy konsensiyalariga asoslanadi.  Xulosa esa tadqiqot jarayonida kelingan umumlashma fikr-xulosalar ixcham shaklda bayon etilgan. Maqola so‘nggida esa foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida keltirilgan.

Muallif haqida

  • Qahhor Yo‘lchiyev, Fergana State University

    Filologiya fanlari doktori, dotsent

Adabiyotlar

Буало Н. Шеърий санъат. / Қуронов Д., Б.Раҳмонов. Ғарб адабий–танқидий тафаккури тарихи очерклари. Ўқув қўлланма-хрестоматия. – Тошкент: Фан, 2008. – Б.258-273. (Bualo N. Poetic art. / Kuronov D., B. Rahmonov. Essays on the history of Western literary-critical thought. Study guide-khrestomatiya. - Tashkent: Science, 2008. – Р.258-273.)

Лотман Ю. Лекции по структуральной поэтике. http://www.gumer.info/bibliotekе. (Lotman Yu. Lectures on structural poetics. http://www.gumer.info/bibliotekе.)

Менегетти Антонио. Словарь образов. – Ленинград: ЭКОС, 1991. – 112 с. (Meneghetti Antonio. Dictionary image. - Leningrad: EKOS, 1991. – 112 р.)

Обиджон, Анвар. Танланган шеърлар тўплами. –Тошкент: Sharq, 2006. – 360 б. (Abidjon, Anwar. A collection of selected poems. - Tashkent: Sharq, 2006. - 360 p.)

Ҳусайний, Атоуллоҳ. Бадойиъус-санойиъ. – Тошкент. Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1981. – 400 б. (Hosseini, Atоullah. Industry. - Tashkent. Publishing House of Literature and Art named after Gafur Ghulam, 1981. – 400 p.)

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2023-06-22

Qanday iqtibos keltirish

ANVAR OBIDJON LIRIKASIDA SEMIOTIK XUSUSIYATLAR . (2023). Scientific Journal of the Fergana State University, 29(1), 80. https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/341