logo
O‘zbekcha

GLOBALLASHUV SHAROITIDA XALQARO SIYOSAT VA MISSIONERLIK

Mualliflar

  • Asomiddin Xudayberdiyev

    Tashkent Pediatric Medical Institute

Kalit so‘zlar:

missionerlik, mafkura, tahdid, global, xalqaro siyosat, siyosiy markaz, xalqaro iqtisod, axborot, kommunikatsiya, intervensiya.

Annotatsiya

Mazkur maqolada globallashuv sharoitida xalqaro siyosat va missionerlikning o‘zaro faoliyati to‘g‘risidagi fikrlar ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada global miqyosda xalqaro siyosiy markazlar tomonidan yo‘naltirilayotgan missionerlik oqibatida ayrim mamlakatlardagi davlat suvereniteti, konstitutsion tuzumga qilinayotgan tajovuzlarni mafkuraviy qo‘llab-quvvatlash va ta’minlash borasidagi fikrlar yoritilgan. Missionerlik tarafdorlarini mafkura poligonlarida olib borilayotgan kurash uchun juda katta sarmoyalarni safarbar etishayotganligi namoyon bo‘lmoqda. Shu o‘rinda, missionerlik aniq belgilangan siyosiy maqsadlarni amalga oshirishda aksariyat holatlarda yovuz va buzg‘unchi g‘oyalarini kuzlayotgani oydinlashmoqda. Mazkur harakatlar oqibatida iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolgan davlatlarga “beg‘araz” yordamning ko‘rsatish niqobi ostida ayrim mustaqil davlatlarning ichki ishlariga ochiqdan ochiq aralashuvining yashirin ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bugungi murakkab sharoitda mamlakat xavfsizligi va jamiyat barqarorligiga, uning manfaatlariga, millat kelajagiga raxna soladigan har qanday kuchga qarshi kurashda mafkuraviy tarbiya vositasida doimo ogoh, sezgir va xushyor bo‘lishga oid ko‘rsatmalar ilgari surilgan.

Muallif haqida

  • Asomiddin Xudayberdiyev, Tashkent Pediatric Medical Institute

    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Adabiyotlar

Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir. Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasidan.

Harrington F.H. God, Mammon and the Japanese. –Medison: 1921, p.35.

Paхrutdinov Sh.I. Dunyoviy demokratik davlatchilik qurilishi amaliyotida diniy ekstremizm tahdidi. S.f.d. ilmiy darajasi uchun yozilgan dis. 23.00.02. -T.: 2001. - bet 115-116.

Muhammadsidiqov M. Afrika davlatlarida din omilining etnik va millatlararo ziddiyatlar yuzaga kelishiga ta’siri. Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari jurnali. -T.: 2015. №2 (70) - bet 90.

Филатов С. Судан: острые приступы «Независимости». Сайт «Международная жизнь», 28.05.2012. URL http:// interaffairs.ru/read.php sitem=8496.

Xasanboev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, oqimlar mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. “TIU” bosmaxonasi. -T.: -2014. -bet 113.

Erkaev A. Ma’naviyat va taraqqiyot. -T. “Ma’naviyat” 2009. -bet 230.

Bozorov O. Bugungi kunning eng dolzarb vazifasi. Tinchlik – bebaho ne’mat. Tinchlik va osoyishtalik – oliy ne’mat. -T.: “Movarounnahr”, 2013. -bet 86.

Paxrutdinov Sh.I. Mustaqillik va jamiyat taraqqiyotiga tahdid muammoasi. (siyosiy tahlil tajribasi) S.f.n. ilmiy darajasi uchun yozilgan dis. 23.00.02. -T.: 1999.

Bozorov O. Bugungi kunning eng dolzarb vazifasi. Tinchlik – bebaho ne’mat. Tinchlik va osoyishtalik – oliy ne’mat. -T.: “Movarounnahr”, 2013. -bet 86-87.

Quronov M. Niqob ortiga bir nigoh. -T.: “Ma’naviyat”. 2018. -bet 12.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2023-06-22

Qanday iqtibos keltirish

GLOBALLASHUV SHAROITIDA XALQARO SIYOSAT VA MISSIONERLIK. (2023). Scientific Journal of the Fergana State University, 29(1), 58. https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/250