BIOETIKA: FAN-TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDAGI AHAMIYATI (ijtimoiy-falsafiy tahlil)
Kalit so‘zlar:
bioetika, biotexnologik jarayonlar, global axborotlashgan makon, moddiy ishlab chiqarish, ma’naviy ishlab chiqarish, taraqqiyot, rivojlanish, modernizasiya, diversifikasiya, integratsiya.Annotatsiya
Ushbu maqolada bioetika jamiyatning moddiy va ma’naviy paradigmasi sifatida tahlil qilingan bo‘lib, xozirgi zamon jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida zamonaviy bioetika va biotexnologiya ko‘p tarmoqli ilmiy-amaliy yo‘nalish ekanligi tahlil qilingan. Shu bilan birga “Jamiyat-ijtimoiy, gurrux-inson” tizimida bioetika qadriyatlarining ishlab chiqarish jarayonidagi axamiyati ochib berilgan. Bioetika va biotexnologiyaning fan-texnologiya va ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyati biologiyada xususan, (mikrobiologiya, genetika, molekulyar biologiya, biokimyo va h.k.) va muhandislik fanlari yutuqlari asosida paydo bo‘lgan. Bioetika va biotexnologiyaning rivojlanishi, o‘z navbatida unga tegishli bo‘lgan bir necha fanlar bo‘yicha olib boriladigan ilmiy-amaliy izlanishlarni jadallanishiga olib keldi. Ayniqsa mikroorganizmlar asosida xilma-xil fiziologik faol moddalarni sintez qilish, buning uchun kerakli va ijtimoiy-iqtisodiy samara beradigan, raqobatbardosh mikrob produsentlarni yaratish, ulardan kerakli mahsulotni ajratib olishni yo‘lga qo‘yish, shu maqsadda o‘simlik va hayvon hujayra va to‘qimalaridan foydalanish masalalari bo‘yicha erishilgan yutuqlar yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. Biotexnologiya ko‘p tarmoqli bo‘lganligi uchun ham, uni barcha yo‘nalishlarini bir maqolada yoki ma’lum bir ilmiy tadqiqot ishida ochib berish ancha muammoli vazifa. Bioetik va biotexnologik jarayonlar taraqqiyotida bu yo‘nalishning tarixi, kechagi, bugungi holati va ertasi haqida fikrlar berilgan. Maqolada zamonaviy bioetik va biotexnologik jarayonlarnig ilmiy, amaliy va uslubiy asoslarini yoritishga harakat qilingan, xususan, global axborotlashgan makonda biotexnologik jarayonlar taraqqiyotining ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish va uning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlari mamlakatning taraqqiyot garovi ekanligi yoritib berilgan.
Adabiyotlar
Mirziyoyev Sh.M Xalq so‘zi 2021 yil 20 yanvar №13 (7793) soni. (Mirziyoyev Sh.M folk word number of January 20, 2021 No. 13 (7793)).
Хрусталев Ю. М. Биоэтика. Философия сохранения жизни и сбережения здоронья: учебник / Ю.М.Хрусталев. – М.: ГЭОТАР-Медиа, 2012. – 400 с. (14 б.). (Khrustalev Yu. M. Bioethics. Philosophy of life preservation and health saving: textbook / Y.M.Khrustalev. – M.: GEOTAR-Media, 2012. – 400 p.).
Толстых В.И. Социально-философские проблемы теории общественного производства. – Вопросы философии, 1982, № 4. (Tolstykh V.I. Socio-philosophical problems of the theory of social production. – Questions of Philosophy, 1982, No. 4.).
Бородин Е.Т. Проблема возникновения производства непосредственной жизни общества. – Философские науки,1980, № 6. (Borodin E.T. The problem of the emergence of production in the immediate life of society. – Philosophical Sciences, 1980, No. 6.).
Ильенков Э.В. Проблема идеального. – Философские науки, 1979, № 7. (Ilyenkov E.V. The problem of the ideal. – Philosophical Sciences, 1979, No. 7.).
To‘raev Sh. O‘zbekistonda demokratik jamiyat rivojida iqtisodiy va ma’naviy omillar uyg‘unligi. – T.: O‘zbekiston, 2011. (104 b.). (Turayev Sh. The combination of economic and spiritual factors in the development of a democratic society in Uzbekistan. - T.: Uzbekistan, 2011. (104 b.)).
Hayitov U. Jamiyat taraqqiyotida ma’naviyatning o‘rni. – T.: “Ma’naviyat”, 2015. (32 b.). (Heyitov O. The role of spirituality in the development of society. - T.: “Spirituality”, 2015. (32 b.)).
Sultonmurod O. Ma’naviy barkamollik sir-sinoati. – T.: “Ma’naviyat”, 2015. (32 b.). (Sultanmurad A. The mystery of spiritual perfection-sinoati. - T.: “Spirituality”, 2015. (32 b.)).
Yuldashev N.M., Saydalixodjaeva O.Z., Saidov A.B. Bioetika: Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari tibbiy-biologik fakultetlari talabalari uchun darslik. – Toshkent: “Meditsina” nashriyoti, 2018. – 151 b. (Yuldashev N.M., Seydalikhadjaeva A.Z., Saidov A.B. Bioethics: a textbook for students of medical and biological faculties of medical universities. - Tashkent: publishing house “Meditsina”, 2018. - 151 b.).
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Son
Bo‘lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2023 Fergana State University

Ushbu ish Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 Xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan.