sg
O‘zbekcha

JINOYAT HUQUQINING O‘QITILISHIDA HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR BILAN HAMKORLIK QILISH ASOSLARI

Mualliflar

  • Yigitaliyevich Zafarjon

    Kokan State Pedagogical Instute

Kalit so‘zlar:

huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jinoyat huquqi, pedagogik ta’lim, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, jinoyat, jinoyatchilik.

Annotatsiya

Dunyo mamlakatlarining har biri o‘z milliy huquqiy tizimiga ega bo‘lib, ularning milliy-davlat, ma’muriy-hududiy tuzilishi, siyosiy boshqaruv tartiblari boshqalarnikidan muayyan darajada farq qiladi. Mazkur farqlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ham taalluqlidir. Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatidagi xilma-xillik huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlari, huquq va majburiyatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zbekiston Respublikasida ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar davlat boshqaruv tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, har bir organ qonunda belgilangan vakolatlar doirasida faoliyat yuritadi. Sohada xizmat qiluvchi xodimlar huquq-tartibotni ta’minlash bilan cheklanmasdan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining yuksalishiga ham o‘z hissalarini qo‘shishadi. Ular ta’limda o‘z yordamlarini berishlari mumkin. Bundan talabalar kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda ularning o‘z kasbiga qiziqishini oshirishda foydalanish mumkin. Jumladan, jinoyat huquqi fanidan darslar tashkil etilishida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish samarali ahamiyatga ega bo‘ladi. Uning zaruriyati ushbu maqolada ochib berilgan. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan uchrashuvlar tashkil etishda tavsiya etiladigan mavzular o‘rin olgan.

Muallif haqida

  • Yigitaliyevich Zafarjon, Kokan State Pedagogical Instute

    Qo‘qon davlat pedagogika instituti dotsenti, falsafa doktori (PhD)

Adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g’risida”gi PF-5618-son Farmoni. Manba: https://lex.uz/docs/4149765 (Decree No. PF-5618 of the President of the Republic of Uzbekistan dated January 9, 2019 “On fundamental improvement of the system of raising legal awareness and legal culture in society”. Source: https://lex.uz/docs/4149765 )

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2022. – B. 29. (Constitution of the Republic of Uzbekistan. - T.: Uzbekistan, 2022. - P. 29.)

Rustamboev M.H., Tuxtasheva U.A. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Darslik. Tom-1. – T.: Ilm-ziyo, 2011. – B. 8-9. (Rustamboev M.H., Tukhtasheva U.A. Judiciary and law enforcement agencies. Textbook. Tom-1. - T.: Ilm-Ziya, 2011. - P. 8-9.)

Toshev O. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning funksiya va vazifalarini qayta ko‘rib chiqish lozim... Tahlil. Manba: https://uza.uz/posts/231348 (Toshev O. It is necessary to review the functions and tasks of law enforcement agencies... Analysis. Source: https://uza.uz/posts/231348)

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2023-07-05