sg
O‘zbekcha

JINOYAT HUQUQINING O‘QITILISHIDA HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR BILAN HAMKORLIK QILISH ASOSLARI

Mualliflar

  • Xamraqulov Zafarjon

    Kokan State Pedagogoical instiute

Kalit so‘zlar:

huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jinoyat huquqi, pedagogik ta’lim, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, jinoyat, jinoyatchilik.

Annotatsiya

Dunyo mamlakatlarining har biri o‘z milliy huquqiy tizimiga ega bo‘lib, ularning milliy-davlat, ma’muriy-hududiy tuzilishi, siyosiy boshqaruv tartiblari boshqalarnikidan muayyan darajada farq qiladi. Mazkur farqlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ham taalluqlidir. Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatidagi xilma-xillik huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlari, huquq va majburiyatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zbekiston Respublikasida ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar davlat boshqaruv tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, har bir organ qonunda belgilangan vakolatlar doirasida faoliyat yuritadi. Sohada xizmat qiluvchi xodimlar huquq-tartibotni ta’minlash bilan cheklanmasdan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining yuksalishiga ham o‘z hissalarini qo‘shishadi. Ular ta’limda o‘z yordamlarini berishlari mumkin. Bundan talabalar kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda ularning o‘z kasbiga qiziqishini oshirishda foydalanish mumkin. Jumladan, jinoyat huquqi fanidan darslar tashkil etilishida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish samarali ahamiyatga ega bo‘ladi. Uning zaruriyati ushbu maqolada ochib berilgan. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan uchrashuvlar tashkil etishda tavsiya etiladigan mavzular o‘rin olgan.

Muallif haqida

  • Xamraqulov Zafarjon, Kokan State Pedagogoical instiute

    Qo‘qon davlat pedagogika instituti, dotsenti, falsafa doktori (PhD)

Adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g’risida”gi PF-5618-son Farmoni. Manba: https://lex.uz/docs/4149765

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2022. – B. 29.

Rustamboev M.H., Tuxtasheva U.A. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Darslik. Tom-1. – T.: Ilm-ziyo, 2011. – B. 8-9.

Toshev O. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning funktsiya va vazifalarini qayta ko‘rib chiqish lozim... Tahlil. Manba: https://uza.uz/posts/231348

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2023-06-22