sg
O‘zbekcha

TERMINOLOGIK KOMPETENTLIK – BO‘LAJAK FILOLOG MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING ASOSI SIFATIDA

Mualliflar

  • Minovvarxon Hojieva

    Namangan State University

Kalit so‘zlar:

kompetentsiya, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, terminologik kompetentsiya, bilim, ko‘nikma, malaka,ta’lim.

Annotatsiya

Ushbu maqola bo‘lajak filolog mutaxassislarni tayyorlashda terminologik kompetentlikning o‘rni va ahamiyati mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kompetentsiya, uning mazmun-mohiyati, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, pedagogik jarayonda kasbiy kompetentlikning o‘rni, terminologik kompetenlik kabi terminlarining qo‘llanishi xususida batafsil ma’lumot berilgan. Bo‘lg‘usi filolog o‘qituvchida kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish omillari, asosiy komponentlari, kasbiy faoliyati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasbiy muammolarni hal qilish, terminologik kompetentlik, terminologik kompetentlikning filolog mutaxassislar yetishtirishdagi zaruriy  ehtiyoj ekanligi ochib berilgan. Bo‘lajak mutaxassis – o‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarurligi, nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, ifodaviyligi, nutqning sofligi, uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lishi, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun esa sohasiga oid terminlarni mukammal egallashi kerakligi,terminologik kompetentlik bo‘lajakmutaxassisning o‘rganayotgan til materiallaridan va olingan axborotlardan kasbiy faoliyatida oqilona foydalana olishi, shu tilda o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda mustaqil ifodalashi, mutaxassislikka oid terminlarni tushunish layoqati dolzarb ekanligi xususida fikrlar bayon etilgan. Terminologik kompetentlik va uni shakllantirishda o‘quv lug‘atlarining o‘rni, ahamiyati, mazkur jarayon haqida yetakchi olim va tadqiqotchilarni fikrlari bayon etilgan.

Muallif haqida

  • Minovvarxon Hojieva, Namangan State University

    Namanga davlar universiteti tayanch doktoranti.

Adabiyotlar

Словарь иностранных слов. – Москва: Русский язык, 1988. – С.91. ( Dictionary of foreign words. - Moscow: Russkiy yazyk, 1988. - P.91.)

Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik. O‘quv-metodik majmua. Toshkent, 2016, – B. 120.( Innovative educational technologies and pedagogical competence. Educational-methodical complex. Tashkent, 2016, - P. 120.)

G‘ofurova T. O‘qituvchining kasbiy kompetentligi – bugungi kun talabi // Til va adabiyot ta’limi. 2017, -№4, – B.15. (Gafurova T. Professional competence of a teacher - today's demand // Language and literature education. 2017, -№4, - B.15)

Uluqov N. Lingvistik kompetentlikni shakllantirish omillari // Til va adabiyot ta’limi. 2018, №6, – B.16. (Ulugov N. Factors of formation of linguistic competence // Language and literature education. 2018, №6, - B.16)

Bahriddinova B. O‘zbek o‘quv lug‘atchiligi istiqbollari // Til va adabiyot ta’limi. 2020, №4, – B. 8. (Bahriddinova B. Prospects of Uzbek educational lexicography // Language and literature education. 2020, №4, - B. 8)

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2023-07-11