YANGI O’ZBEK SHE’RIYATIDA OʻSIMLIK OBRAZLARI TALQINI Yangi o'zbek she'riyatida floristik obrazlar faol qo'llangan. Xususan, o'simlik obrazlari olamning badiiy manzarasini tasvirlashda muhim ahamiyatga egadir.

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Oʻroqova Nafosat Yoriyevna

Annotatsiya

Maqolada san’atning spetsifik xususiyati – badiiy obrazlar tahlil qilingan. Bunda, xususan, o’simlik obrazlariga asosiy e’tibor qaratilgan. Lirik turda olamning badiiy manzarasini ifodalash obrazning turli koʻrinishlari vositasida amalga oshiriladi. Shulardan eng faol qoʻllanib kelingan obrazlar – bu flora olamiga tegishlidir. Badiiy ijodda floristik obrazlar genezisi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Inson jamiyat, tabiat va koinot bilan bir butunlikda mavjuddir. Shu nuqtayi nazardan uni tabiat va borliq obyektlari, hodisalari ichida yondosh holatda tasvirlash maqsadga muvofiq boʻladi. Zero, yangi o’zbek she’riyatida ham olamning badiiy manzarasini floristik obrazlar orqali ifodalashning o’ziga xos poetikasi shakllanganini ta’kidlash zarur. Mazkur tadqiqotning maqsadi shu tamoyillarga xos xususiyatlarni aniqlashdan iboratdir. Maqolada zamonaviy lirikada o’simlik obrazining badiiyati va poetikasi masalasini tadqiq qilishda qiyosiy tarixiy, qiyosiy-tipologik, lingvistik, analitik tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijada, yangi o’zbek she’riyatida qo’llangan o’simlik obrazlarining badiiy ahamiyati yoritilgan. Qator ijodkorlarning she’rlari misolida ular ifodalagan ramziy-timsoliy mazmun-mohiyatga diqqat qaratilgan. Binobarin, floristik olamni anglash tarzi oʻzgarganligi, uni badiiy ifodalashda oʻsimlik obrazlaridan ham faol foydalanish yoʻliga oʻtilganligi asoslangan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Adabiyotshunoslik
muallifning biografiyasi

Oʻroqova Nafosat Yoriyevna, Buxoro davlat universiteti

Buxoro davlat universiteti, Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsent

Foydalaniladigan adabiyotlar

Бахронова Д.К. Ўзбек ва испан тилларида олам манзарасининг лингвокогнитив категорияланиши. Фил. фан. бўйича док. дисс. автореф. – Т., 2017.

Воҳидов Э. Танланган асарлар. – Т.: Шарқ, 2018. – 688 б.

Гусейнова Г.М. Концепты «свет» и «цвет» в художественной картине мира Ю.П. Казакова. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата филологических наук. – Махачкала, 2009.

Миртемир. Ёдгорлик. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1978. – 144 б.

Муҳаммад Юсуф. Сайланма: Шеърлар. Достонлар. Шоир ҳақида хотиралар. – Т.: Шарқ, 2007. – 288 б.

Муҳаммад Юсуф. Халқ бўл, элим. Тўпловчи ва нашрга тайёрловчи Н.Саломова. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 208.

Ожерельев Константин Анатольевич. Художественная картина мира в лирике К.С.Аксакова и И.С.Аксакова. Специальность 10.01.01 – русская литература АВТОРЕФЕРАТ диссертации на соискание ученой степени. – Омск, 2014.

Ойбек. Созим. Шеърлар. – T.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980. – 64 б.

Omon Matjon. Maqsudam. She’rlar. – Т.: Adabiyot, 2021. – 128.

Орипов А. Йиллар армони. Шеърлар ва достонлар. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1987. – 592 б.

Орипов А. Танланган асарлар. IV жилдлик. I жилд. –T.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 2000. – 432 б.

Орипов А. Танланган асарлар. IV жилдлик. II жилд. –T.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 2001. – 496 б.

Усмон Азим. Сайланма. Шеърлар. – T.: Шарқ, 1995. – 432 б.

Шавкат Раҳмон. Сайланма. – Т.: Шарқ, 1997. – 216.

Xudoyberdiyeva H. Yillar nafasi. Yangi she’rlar. – T.: Sharq, 2016. – 128 b.

Ширинова Р.Х. Олам миллий манзарасининг бадиий таржимада қайта яратилиши. Докторлик (DSc) диссертацияси автореферати. – Т., 2017.

https://uz.wiktionary.org/wiki/giyoh

https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBsma