XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TALAFFUZI VA NUTQINI O‘STIRISHMETODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligining dasturida belgilangan muhim talablardan biri o‘quvchilarning nutqini o‘stirishdan iborat. Chunki o‘quvchilarning nutqi qay darajada ekanligi, o‘qish malakalari o‘z fikr mulohazalari, tasavvur tushunchalari nutq bilan bog‘liq. Shu maqsadda biz o‘quvchilarni nutqini o‘stirishda aynan xalq og‘zaki ijodi vositasidan foydalanishni afzal deb topdik. Chunki maqol, topishmoq, ertak, tez aytish va masallar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini oshiruvchi asosiy quroldir.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirilib, ko‘plab yutuqlarga erishilmoqda. Aytish joizki, mazmuni va tuzilishi yangilangan o‘quv darsliklari hamda ta’limiy vositalarning qayta yaratilishi o‘quvchi yoshlarning bilimini oshirish bilan bir qatorda nutqiy ko‘nikmalarini ham takomillashtirishga xizmat qiladi. Xususan, ona tili darsliklarida nazariy, badiiy, rasmiy, tasviriy, muhokama matnlarning berilishi ta’lim sifati va samaradorligini oshiradi. Shu nuqtayi nazardan, avvalo, matnning ilmiy asoslanishini anglab yetish muhimdir. “Nutq jarayonida gaplar guruhlanadi, mavzu jihatdan qurilishi va ohangiga ko‘ra birlashadi va alohida sintaktik birlik – murakkab sintaktik butunlik hosil qiladi. Biroq, matndagi barcha gaplar ham murakkab sintaktik butunlikka kirmaydi, ayrimlari uning tarkibiy qismlari bo‘lmaydi”. Binobarin, nutq jarayonida so‘zlovchining nutqi qisqa holdagi kichik matnlardan iborat bo‘ladi. Atrof va turli- tuman fikrlar jamlanmasi matn mazmuniga mos bo‘lmasligi mumkin.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilishiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqi// Xalq so‘zi gazetasi, 2019-yil, 7-aprel. 68-son (72-98).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. 18.10.2016
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4730-sonli Qarori. https://nrm.uz/
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B. 19.
Madayev O., Sobitova T. Xalq og‘zaki poetik ijodi. –Toshkent: ”Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2003.
Xudoyberganova D. O‘zbek tilshunosligida matnning antroposentrik talqini “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, 2011/1.
Jumaboyev M. “Bolalar adabiyoti va folklor”. –T.,O‘qituvchi, 1990.
Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – Toshkent,” O‘qituvchi”, 1990.
Madayev O., Sobitova T. Xalq og‘zaki poetik ijodi. –Toshkent: ”Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2003.
Afzalov M., Rasulov X., Husanov Z. O‘zbek xalq ertaklari. - T.: 1963.
Musurmonov E. O‘zbek folklori. –Samarqand 2017. 31-B
Inomxo‘jayev S., Zunnunov A. Ifodali o‘qish asoslari. - Toshkent: o‘qituvchi, 1978.
Jumaboyev M. “Bolalar adabiyoti va folklor”. –T.,O‘qituvchi, 1990.
Madayev O., Sobitova T. Xalq og‘zaki poetik ijodi. –Toshkent: ”Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2003.
Matchonov S. va b. O‘qish kitobi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. - T.: “Yangiyo‘l poligraph service”, Toshkent, 2020.
Mirzayev M, Usmonov S, Rasulov I. o‘zbek tili. T., 1966
Muminova.L. R.. Qahramonova M.T. Logopediyadan terminlarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati. T . ,o‘qituvchi, 1988.
Musurmonov E. O‘zbek folklori. –Samarqand 2017. 31-B
www.pedagog.uz
www.google.uz
www.phrases.org.uk/meanings/proverbs
http: // www.lexuz.
www.ziyouz. com kutubxonasi