TALABALARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Tojiboyev Jaxongir Umidjon o‘g‘li

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi bugungi kun talabidan kelib chiqib, kreativ yondashuv asosida takomillashtirilgan. Bugungi kunga qadar talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish jarayonini texnologiyalashtirish muammosi ko‘plab tadqiqotchi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Masalan, MDH olimlari V.Maksimova, L.Klikova, R.Djandosov, mamlakatimiz tadqiqotchi olimlari F.Rabbimova, N,Yuldashevalar talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning turli texnologiyalarini amaliyotga joriy etganlar. Badiiy-estetik tarbiya texnologiyalarining xarakterli jihatlari ta’lim subyektlarida izlanuvchanlik faoliyatining birgalikda amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi. Hissiy-obrazli, muhokama va tanlov natijasida shaxslararo mustahkam hamkorlikdagi harakat vujudga keladi. Badiiy-estetik tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar talabalarning badiiy-estetik kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qituvchi hamda talabalar orasidagi demokratik munosabatlarni ta’minlashga imkon berishi natijasida badiiy-estetik ta’limning sifati va samaradorligiga erishiladi. Ushbu jihatlarni hisobga olga holda, mazkur maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy estetik kompetentligini rivojlantrish texnologiyasining to‘rt bosqichdan iborat (motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, shaxsiy-rivojlantiruvchi) pedagogik algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu texnologiyani ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash usullari va vositalari yoritilib berilgan

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Pedagogika
muallifning biografiyasi

Tojiboyev Jaxongir Umidjon o‘g‘li, Fergana Stete University

Farg‘ona davlat universiteti, Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

Foydalaniladigan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 08.10.2019-yildagi PF-5847-son

Rabbimova F. Bo‘lajak o‘qituvchilarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish. p.f.b.f.d.()PhD diss.avotoref. Toshknt, 2021. – B. .11

В.Максимова. Формирование эстетической компетентности учащихся младшего школьного возраста в условиях дополнительного образования. дисс.авотореф Казань. 2013.

Л. Кликова Развитие художественно-эстетической компетенции студентов хореографических специальностей. дисс.авотореф Челябинск.2009.

Р.Джандосов. Развитие эстетической компетентности социальных педагогов в вузе. дисс.авотореф Москва. 2007.