O‘QUVCHILARDA AKSIOLOGIK KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘quvchilarda aksiologik kompetentsiyalari rivojlantirish, ularning ongida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish ehtiyojini kuchaytirish bilan ularda aksiologik kompetensiyalarni rivojlanishiga ijobiy tasirini o‘tkazuvchi tadbirlarni keng joriy etish taqozo etilishi aniqlandi. O‘quvchilarda aksiologik kompetensiyalarni rivojlantirishda ularning ma’naviy qadriyatlari, ijtimoiy yo‘nalganligi, ideallari, hayotiy strategiyalari muhim ahamiyat kasb etishi “O‘quvchilarda aksiologik kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmi” deb nomlangan 1-rasmda keltirilgan. Ushbu keltirilgan mexanizmda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, madaniy an’analar; umuminsoniy qadriyatlarni anglash va ularga hurmat bilan qarash hamda jamiyat qadriyatlariga amal qilish; davom etib kelayotgan an’analarga sodiq qolish; faoliyat asosi bo‘lgan haqqoniylik va kamtarinlikka e’tibor qaratish. Sanab o‘tilgan qadriyatlarning barchasi o‘quvchilarning aksiologik kompetensiyalari qaysi darajada shakllanganini baholashning me’zoni bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘quvchilarda dunyoqarashni kengaytirish, o‘quv ma’lumotlarni o‘zlashtirish, sohaga oid kompetentsiyalarni rivojlantirish uchun o‘quvchilar tomonidan ifodalanadigan aksiologik kompetensiyalar muayyan pedagogik-kontseptual yondashuvlar asosida shakllantirilishi maqsadga muvofiq. Ushbu bosqichlar o‘quvchilarning aksiologik kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik shart-sharoitlar, didaktikadagi printsiplar, yondashuvlar asosida amalga oshirilishi “O‘quvchilarda aksiologik kompetensiyalarni rivojlantirish bosqichlari” deb nomlangan 1-jаdvаlda batafsil bayon qilingan.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
https://lex.uz/ru/docs/-4885018
https://lex.uz/uz/docs/-5841063
В.В.Рыбников «Формирование духовно-нравственных ценностей студентов». Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук – Саратов, 2013.-С.12.
Р.К.Акчулпанова «Формирование будущих учителей готовности к духовнонравственному воспитанию школьников на основе этнокультурного подхода». Диссертация на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. – Чебоксары, 2014. – с. 71.
С.М. Морданова. Формирование нравственных качеств у студентов в образовательных учреждениях средствами этнопедагогики. Монография. Костанай, 2018.-с.77.
Ibragimovich, I. X., & Saidkulovich, S. B. (2023). MECHANISMS OF DEVELOPMENT OF AXIOLOGICAL COMPETENCES IN STUDENTS. Science and Innovation, 2(11), 209-213.
Saidkulovich, S. B. (2023). AXIOLOGICAL APPROACH IN PROFESSIONAL EDUCATION OF STUDENTS. British View, 8(3).
Saidkulovich, S. B. (2023). CONCEPT AND STRUCTURE OF WORLD VIEW IN MODERN SOCIETY. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 8(4), 35-37.