TENGSIZLIKLARNI ISBOTLASHDA EHTIMOLLAR NAZARIYASI ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada ba’zi turdagi tengsizliklarni ehtimollar nazariyasi elementlari yordamida isbotlash usuli keltirib o‘tilgan. Ma’lumki, tengsizliklar ko‘plab matematik xulosalarni baholash va asoslashda ishlatiluvchi qurol vazifasini bajaradi. Ularni isbotlash usullari esa tadqiqotchi uchun alohida yangi bilim berish bilan birgalikda ko‘plab matematik sohalarni integrallashuviga olib keladi. Shu bilan birgalikda har qanday tengsizlikni isbotlash tadqiqotchilardan alohida bilim va metodika talab qiladi. Bu esa bir xil turdagi tengsizliklarni isbotlashning eng samarali usullarini ishab chiqish zaruratini tug‘diradi. Shu maqsadda ma’lum ko‘rinishdagi tengsizliklar uchun ehtimollar nazariyasi elementlaridan foydalanib isbotlash metodikasi ishlab chiqildi. Ushbu metodika tasodifiy miqdorlarning taqsimot qonuniga va dispersiyasini nomanfiy qiymatlarni qabul qilishiga asoslanadi. Dispersiyaning ushbu xossasidan foydalanib tengsizliklar uchun ma’lum munosabat keltirilgan va to‘g‘riligi isbotlangan. Ushbu munosabat yordamida berilgan tengsizliklar boshqa usullardan ko‘ra qulayroq isbotlanishi bir nechta amaliy masalalarni hal qilish orqali asoslandi. Ushbu tasdiqni umumiy holdagi ko‘rinishi yordamida ba’zi murakkab ko‘rinishdagi tengsizliklarni ham isbotlash mumkin. Bu esa ehtimollar nazariyasiga oid bilimlar matematikaning boshqa sohalarida ham muhim rol o‘ynashini anglatadi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Shan - He Wu, Mihaly Bencze, Selected problems and theorems of analytic inequalities. Studis Publishing House, Ia¸si, Romania, 2012.
Zdravko Cvetkovski Inequalities, Springer-Verlag Berlin Heidelberg 2012
Daniel Sitaru and Claudia Nanuti, A ''probablistic'' method for proving incqualities, Crux Mathematicorum, Vol.43(7), September 2017.
Sh.Q. Farmonov va boshqalar, Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika, T.: «Cho ‘lpon» NMIU, «Tafakkur-Bo ‘stoni», 2012.-208 b
Jo‘raboyev S.S, Abdumutalova X.M., Tengsizliklarni isbotlashda ehtimollar nazariyasi elementlaridan foydalanish usullari, «Amaliy matematika, matematik modellashtirish va informatikaning dolzarb muammolari» Respublika ilmiy konferentsiyasi ma’ruzalar toʻplami. – Nukus «NUR-TURAN PRINT» nashriyoti, 2024, 498 bet.
Мирзарахимов М.А., Сирожиддинов А.А., Назирқулов Ж.Д. “РЕАЛ ВАҚТ РЕЖИМИДА ТИЗИМДАН МАЛАКАЛИ КАДРЛАРНИ ТАНЛАБ ОЛИШ АЛГОРИТМИНИ НОРАВШАН МАНТИҚ АСОСИДА ТАДҚИҚ ЭТИШ” - Scientific journal of the Fergana State University, 2021
Nazirkulov Jamaldin, Bohodirov Daniyor O'tkirbekovich. PROSPECTS OF APPLYING DATA SCIENCE TO EDUCATION IN THE CONDITIONS OF UZBEKISTAN. Western European Journal of Linguistics and Education 2 (6). 2024. 238-241
Mirzaraximov M.A., Sirojiddinov A.A., Nazirqulov J.D. Study of the algorithm of selection of qualified personnel from the system in real time on the basis of fuzzy logic. Scientific journal of the Fergana State University, 2021(1). Fergana, Publ: Fergana State University, 2021.