FARG‘ONA VILOYATI TOPONIMLARINING SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada Farg‘ona viloyati toponimlarining sotsiolingvistik xususiyatlari, ularni nomlashda jamiyat hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlarning tilda aks etishi kabi masalalar tahlil etilgan. Toponimlarning yaratilishi, ularning nominativ-motivatsion xususiyatlariga e’tibor qaratilsa, eng tasodifiy deb qaralgan nom ham ma’lum bir davrlarda ijtimoiy ehtiyoj, zaruriyat tufayli vujudga kelganini ko‘rish mumkin. Ayrim hollarda esa bitta obyektga qo‘yilgan nom ma’lum bir bosqichlarda davrning o‘ziga xos sotsial zaruriyatidan kelib chiqib, turli nomlarga o‘zgartiriladi. Shuning uchun ham dunyodagi ko‘plab tog‘lar, ko‘llar, daryolar yoki yaratilishi uzoq davrlarga borib tutashadigan shahar, qishloqlarning nomlanishiga diqqat qilinsa, ularning turli tarixiy davr va bosqichlarda bir nechta nom bilan atalganining guvohi bo‘lamiz. Boshqacha aytganda, toponimlarning paydo bo‘lishi, turg‘unlashishi yoki aksincha, almashinishi, ma’nosida turlicha o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi uning jamiyat taqdiri bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda, har qanday toponimik o‘zgarish jamiyatda amalda bo‘lgan til qonuniyatlari doirasida sodir bo‘ladi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, toponimlar tilning lug‘aviy boyligi sifatida yashovchan va turg‘undir, biroq tarixiy sharoitga ko‘ra va mafkuraviy nuqtayi nazarga ko‘ra o‘zgaruvchandir. Bularning barchasi uning leksik qatlamida aks etib, toponimlar tadqiqiga sotsiolingvistik jihatdan yondashish zarurligini ko‘rsatadi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Бердиалиев А. Ўзбек синхрон социолингвистикаси. – Хўжанд, 2015.
Бегматов Э. Антропонимияни тадқиқ қилишнинг социолингвистик аспекти // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2011. – № 4.
Суперанская А.В. Общая теория имени собственного. – Москва: Наука, 1973.
Ўз. Рес Халқ депутатлари Фарғона шаҳар Кенгашининг 2013 йил 28 декабрдаги «Фарғона шаҳри ҳудудидаги Географик объектларнинг қонун талабларига мос келмайдиган номларини ўзгартириш тўғрисида» ги ХХIХ-98-сонли Қарори; Фарғона шаҳрида жойлашган топонимик объектлар харитаси.
Ўзбекистон Республикасининг маъмурий-ҳудудий тузилиши / Ҳакимов З. муҳаррирлиги остида. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996.
Қўшоқова Б. Тил функционал ривожланишининг социолингвистик тадқиқи (ўзбек тили мисолида): Филол. фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) ... дисс. автореф. – Фарғона, 2019.
Охунов Н. Фарғона водийси антропоойконимлари // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1997. – № 2.
Qorayev S. Toponimika. – Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006.
Аҳмадалиев Ю. Фарғона вилояти топонимлари. – Фарғона, 2009.
Охунов Н. Фарғона области фитотопонимларини ўрганишга доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1982. – № 4.
Эназаров Т. Шаҳрисабз ҳудуди жой номларининг тарихий-қиёсий тадқиқи: Филол. фанлари номзоди ... дисс. – Тошкент, 1993.
Охунов Н. Топонимлар ва уларнинг номланиш хусусиятлари. – Тошкент: Фан, 1989.