“FARG‘ONA VODIYSI TOJIKLARINING FARZAND TUG‘ILISHI VA TO‘Y MAROSIMLARI BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN URF-ODAT VA AN’ANALARI (QORATEGIN TOJIKLARI MISOLIDA)”

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Nabiyev Parviz Akbarjonovich

Annotatsiya

Ushbu maqolada bir necha asrlar mobaynida Farg‘ona vodiysiga ko‘chib kelib o‘rnashgan Qorategin tojiklarining kirib kelishlari tarixi va sabablari, ularning madaniyati, urf-odatlari, bayram va marosimlarining o‘tkazilish tartibi, ularning vodiydagi boshqa xalqlar bilan o‘zaro madaniy uyg‘unlashuvi jarayoni dala tadqiqotlari hamda manba va adabiyotlar asosida etnologik jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, vodiydagi qorateginlik tojiklarning bola tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan  va to‘y marosimlarida uchraydigan o‘ziga xos urf-odatlari, ularning shakllanishiga sabab bo‘lgan tarixiy omillar, urf-odatlarni bajarishdan ko‘zlangan tog‘lik tojiklar tasavvuridagi maqsadlar va qarashlar  hamda urf-odatlarning bugungi kunga kelib o‘zgarishlarga uchraganligi sabablari ilmiy tahlillar asosida qisqacha yoritilgan.


Tadqiqot doirasida tog‘lik tojiklar istiqomat qiluvchi Farg‘ona vodiysida joylashgan Bobochek, Shamsiko‘l, Chodak, Qizilqiyoq kabi hududlarda o‘tkazilgan dala tadqiqotlari materiallari jalb qilingan. Bu dala tadqiqotlari asosan kuzatish, intervyu va anketa so‘rovnomalari olish usullari orqali bajarilgan bo‘lib, tadqiqotda ko‘rsatib o‘tilgan ilmiy xulosalar mazkur mateliallarga asoslanadi. Ushbu tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysida yashovchi qorateginlik tojiklarning mintaqada yashovchi boshqa xalqlar bilan asrlar mobaynida madaniy jihatdan uyg‘unlashuvi bilan birga muayyan darajada o‘ziga xos bo‘lgan jihatlarini ham saqlab qolganliklarini asoslab beradi

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Tarix
muallifning biografiyasi

Nabiyev Parviz Akbarjonovich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti Etnologiya va antropologiya markazi tayanch doktoranti

Foydalaniladigan adabiyotlar

Ashirov A.A. Etnologiya. – Toshkent: “Yangi nashr”, 2014.

Известия. Туркестанскаго отдела Императорскаго Русскаго Географическаго Общества. Том XI. Вып.2. часть I. –Ташкент: Типо-Литография В.М.Ильина, 1915 г.

Губаева С.С. Горные таджики Каратегина в Ферганской долине (к.ХІХ - н.ХХ вв.) // Советская этнография. №1, 1987.

Захириддин Мухаммад Бoбур. Бoбурнoмa. –Т., 1958

Dala tadqiqotlari materiallari. Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Bobochek qishlog‘i. 2022 yil.

Dala tadqiqotlari materiallari. Namangan viloyati, Namangan tumani, Shamsiko‘l qishlog‘i. 2022 yil

Мардонова А. Свадебное торжество у таджиков Файзабада // История и этнография народов Средней Азии (Сборник статей). –Душанбе: “Дониш”. 1981.