ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA QO‘LLANGAN SINONIMLARINING LINGVOPOETIKASIGA DOIR
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanida keltirilgan sinonimlar lingvopoetik jhatdan tahlil etilgan. Yozuvchining bu romani nashr etilganiga uncha ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan ancha-muncha tadqiqotlar boshlab yuborilganidan xabarimiz bor. Biroq o‘zbek adabiyotida sezilarli yangilik sifatida mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan bu asar tilshunoslik, jumladan, lingvopoetik aspektda o‘rganishga endigina jiddiy kirishilmoqda. Shu boisdan mazkur maqolamizda “Alisher Navoiy” romanida keltirilgan leksik birliklarni lingvopoetik jihatdan tadqiq etishni niyat qildik.
Mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligida lingvopoetika badiiy matn tilini tilning aynan estetik vazifasining namoyon bo‘lishi tarzida o‘rganuvchi soha ekanligi e’tirof etildi va bu borada salmoqli tadqiqotlar yaratildi. Hozirgi vaqtda o‘zbek lingvopoetikasi o‘z tadqiq tamoyillari va ilmiy apparatiga ega bo‘lgan, rivojlanib borayotgan soha hisoblanadi.
O‘zbek adabiyotida Isajon Sulton asarlarini badiiy jihatdan chuqur tahlil qilib beruvchi ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Ammo til birliklarining yozuvchi asarlari matnidagi estetik vazifalari, lingvomadaniy xususiyatlari maxsus tadqiq qilinmagan. Isajon Sultonning butun ijodi nafaqat g‘oyaviy-badiiy jihatdan, balki badiiy til mahorati jihatidan ham o‘rganilishga munosib. Yozuvchi o‘zining barakali badiiy ijodi bilan o‘zbek tilining rivoji va boyishiga jiddiy hissa qo‘shgan. U o‘zbek tilining imkoniyatlarini o‘z asarlarida namoyish etibgina qolmay, uni turli ma’nolar, go‘zal ifodalar bilan ham boyitgan. Shu sababli Isajon Sultonning aynan “Alisher Navoiy” romani tilini lingvopoetik jihatdan tahlil etish tilshunosligimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Muqimova Z. O‘tkir Hoshimov asarlari tilining lingvopoetik va lingvomadaniy xususiyatlari. Filol.fan.dok. … diss. – Toshkent, 2020.
Qilichev E. Badiiy tasvirning leksik vositalari. – Toshkent: Fan, 1982.
Sulton I. Alisher Navoiy. – Toshkent: Adabiyot, 2021.
Shomaqsudov A. , Rasulov I. O‘zbek tili stilistikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983.
Xojiyev A. O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1974.
Madaminova, S. (2021). Суҳбатдош мақоми ва мулоқот самарадорлигининг лингвомаданий тамойиллари. " Nutq madaniyati va o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari".
Mo‘minov, S. (2020). Устоз-шогирд муносабатида қўлланиладиган бошқарув санъатининг лингвокультурологик тадқиқи. In the teacher-student relationship applicable management art linguculturological research.
Mo‘minov, S. (2022). Мулоқот ва замонавий раҳбар маънавияти. Scienceweb academic papers collection.
Mo‘minov, S. (2022). Alisher Navoi-about the State and its Governance. EUROPEAN MULTIDISCIPLINARY JOURNAL OF MODERN SCIENCE.
Muminov, S. (2016). Нуқтаи назар ва мутолаа санъати. " Нутқ маданияти ва тилшуносликнинг долзарб муаммолари" мавзусидаги республика илмий-амалий анжумани.
Муминов, С., & Мўминов, Ш. (2022). COMMUNICATIVE BEHAVIOR OF THE LEADER AND ITS STUDY IN THE SOCIOLINGISTIC ASPECT. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДА, 3(4).
Mirsobirovich, M. S. (2022). Linguistic Features of the Work―" The Country in My Grandmother's Stomach"‖. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 292-297.
Mirsobirovich, M. S. (2022). Territorial Characteristics of Communication Behavior in Tilavoldi Joraev's" Villagers. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 298-303.
Mirsobirovich, M. S. (2022). LINGUOPOETICAL CHARACTERISTICS OF COMPARISON OF ISADJAN SULTON USED IN THE NOVEL" ALISHER NAVOI". Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(12), 697-703.
Quldashev, N. (2020). НАВОИЙНИНГ СЎЗ ҚУВВАТИ. FarDU.Ilmiy xabarlar – Научный вестник. ФерГУ.
Roziqova, G. (2017). Aбдулла Қаҳҳор ва нуктадонлик санъати. FarDU. Ilmiy xabarlar. – Научный вестник. ФерГУ.
Ubaydullayev, K., & Muminov, S. (2022). PHRASEOLOGICAL UNITS WITH A NAME OF ANIMALS AND PLANTS FOCUS ON THE SCIENTIFIC RESEARCH. Open Access Repository, 8(1), 118-126.
Ҳасанова, Д. (2016). Раҳбар фаолиятида кечиримлиликнинг ўрни. Замонавий услубшуносликнинг долзарб муаммолари.
Xamdamova, V. (2021). Шоирнинг сўз ҳақидаги қарашлари. " Nutq madaniyati va o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari".
Ҳошимова, Ф. (2017). Темур тузукларида сўз қудрати. Замонавий услубшуносликнинг долзарб муаммолари.