SHOHIMARDONSOY DARYO HAVZASI ANTROPOGEN LANDSHAFTLARIDAGI GEOEKOLOGIK HOLAT VA OQIBATLARINI BAHOLASH MASALALARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
O‘zbekistonning janubiy-sharqida “O‘zbekiston Shvetsariyasi” ni vujudga keltirgan Shohimardonsoy daryo havzasi landshaftlarini o‘rganish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotimizning asosiy maqsadi Shohimardonsoy daryo havza landshaftlarining meliorativ va geoekologik holatini yaxshilash, daryo suvining sifati va uni muhofaza qilishda kerakli ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar berishdan iboratdir. Biz ilmiy ish doirasida mazkur landshaft hududini o‘rganishda daryo havza lnadshaftlarining havza tadqiqot metodi, suvning kimyoviy tarkibini o‘rganishda esa ko‘p bosqichli neytron-aktivatsiya tahili, landshaftning aerokosmik metodlaridan foydalangan holda tadqiqot ishini yoritdik. Tadqiqot mobaynida Shoshimardonsoy daryo havzasinining suvlari daryoning boshlanish qismidagiga nisbatan qattiqligi va tarkibida surma hamda simob miqdorining nisbatan ko‘pligi aniqlangan. Bunga sabab hududda sanoat korxonalarining atmosferani ifloslashi hamda daryo suvining xo‘jalik maqsadida me’yordan ko‘p foydalanishi hisoblanadi. Aholining salomatligi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlariga, hudud ekologiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi uchun zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlar to‘g‘risida gi farmoni, 07.06.2019 yildagi F-5742-son. https://lex.uz/uz/docs/-5621189
Abdulkasimov A., Yarashev Q., Meliyev B. Landshaft komplekslarini kartalashtirishning dolzarb muammolari // SamDU ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi. – Samarqand, 2016. 1-son (95), 100-104 b.
Abdulqosimov A. Landshaftshunoslik tarmoqlari va ilmiy tadqiqotlarda tahlil metodidan foydalanish// Tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning geografik asoslari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Namangan, 2010 yil, -B 17-21
Soliyev I.R., J.T.Ma’kulov. Markaziy Osiyo mintaqalarida havzaviy suv resurslaridan foydalanish masalalari//Farg‘ona vodiysi atrof-muhitni muhofaza qilish va foydalanish muammolari ilmiy-amaliy konferensiyasi. Namangan.2014. –B 64
Boymirzayev K.M., Mirzahmedov I.K. Voha landshaftlarining geoekologik muammolari va ularni muhofaza qilish masalalari// Geografiya va geografiya ta’limidagi muammolar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. –Toshkent, 2018 –B 69-72
Jurayev M.E. Paragenetik landshaftlarni o‘zaro bog‘liqligi, morfologiyasi va dinamikasi (Farg‘ona vodiysi adir-tekislik paragenetik landshaftlari misolida).//diss.Samarqand.2022. –B 42-46
Mihno V.B., Gorbunov A.S. Landscape-meliorative design: a manual. - Voronezh: Istoki, 2015. -222 p.
Mihno V.B., Kuchin A.V. On the issue of creating a landscape-ecological framework of the Zadonsky district of the Lipetsk region // Vestnik VGU. Ser. Geografiya. Geoekologiya. vol. 2. -Voronej, 2005. -P. 19-28.