TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASINING DEMOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI (Andijon viloyati misolida)

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Temirov Zokirjon Abdilvoxidovich
Turg‘unboyeva Dilshoda Azamjon qizi

Annotatsiya

Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar va past rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir koʻrsatmoqda. Mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida migratsiyaning oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga oshirilgan alohida turi boʻlib, iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlgan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik va ish haqining oʻtkir muammolarini hal etishning asosiy vositalaridan biriga aylandi.


Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning barcha yonalishlarida tub islohatlar amalga oshirildi. Mulkchilik shakllariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtizodiy tizimni yuzaga kelishi aholi bandligiga o‘zining sezilarli ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada, mamlakat aholi bandligini oshirishda tashqi mehnat migratsiyasi yuzaga keldi. Tashqi mehnat migratsiyasining bir qator ijobiy jihatlari bilan birga demografik jarayonlar rivojlanishiga sezilarli ta’siri mavjud. Shu maqsadda mazkur maqolada tashqi mehnat migratsiyasining demografik jarayonlarga ta’sirini o‘rganishga harakat qilindi.


O‘zbekistonda aholi bandligi va daromadini oshirishda tashqi mehnat migratsiyasi muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, tashqi mehnat migrasiyasining jamiyatda no‘to‘liq oilalarning ko‘payishi, ajralishlarning o‘rtib borishi va farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’siri kabi muammolarni yanada murakkablashuviga olib kelmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib mazkur tadqiqot ishida migratsiya masalalari, hususan tashqi mehnat miratsiyasining demografik jarayonlarga ta’siri sotsiologik so‘rovnoma usuli orqali o‘rganilgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Geografiya
Mualliflar biografiyasi

Temirov Zokirjon Abdilvoxidovich, Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti, geografiya kafedrasi v.b. dotsenti, g.f.f.d. (PhD)

Turg‘unboyeva Dilshoda Azamjon qizi, Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti geografiya yo‘nalishi magistranti

Foydalaniladigan adabiyotlar

Абдурахманов Қ.Х., ва бошқалар. Демография. Дарслик. - Т.: “Фан ва технология”, 2014. - 368 б.

Қодиров Р.Б. Фарғона минтақаси аҳолиси ва меҳнат ресурслари. -Т.: Navro‘z, 2016. -168 б.

Tojiyeva Z.N. Aholi geografiyasi. Darslik. –Toshkent.: “Nodirabegim”, 2019, -254 b.

Темиров З.А. Ўзбекистоннинг Фарғона минтақасида демографик жараёнлар ривожланишининг ҳудудий хусусиятлари (Монография). –Андижон. “Ҳаёт нашри-2020”, 2022. -158 б.

Темиров З.А. Фарғона водийси вилоятларида аҳоли миграцияси масалалари // Комплекс географик тадқиқотлар: инновация ва амалиёт. Республика илмий-амалий конференция материаллари. –Андижон, 2022. –Б. 98-100.

www.stat.uz

www.andstat.uz