KATTAQO‘RG‘ON TUMANINING GEOLOGIK VA OROGRAFIK TUZILISHIGA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ishida Kattaqo‘rg‘on tumanining orografik va geologik tuzilishini tahlil qilish uning maqsadi qilib belgilandi. Mazkur ilmiy ishni bajarish davomida adabiyotlar va fond materiallari bilan ishlash, kartografik, dala tadqiqot, GIS texnologiyalari kabi bir qancha metodlardan foydalanildi. Tadqiqot ishining adabiyotlar tahlili qismida, Kattaqo‘rg‘on tumani tabiiy sharoitining o‘rganilganlik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. So‘ngra, tumanning geografik o‘rni, yer yuzasining geologik hamda orografik tuzilishi tahlil qilindi. Bunda, Kattaqo‘rg‘on tumanining hududining geologik tarixi, tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari, ushbu burmalanishlar natijasida shakllangan hozirgi orografik strukturalar (Oqtov va Zirabuloq tog‘lari va Kattaqo‘rg‘on botig‘i) o‘rganildi. Bunga qo‘shimcha ravishda, tuman hududida shakllangan geologik svitalar, komplekslar, ularning paydo bo‘lgan eralari (davrlari), svitalar va komplekslar qatlamlarining qalinligi, qanday tog‘ jinslaridan tarkib topganligi hamda bu yotqiziqlar tuman hududining qaysi qismlarida uchrashi tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijasida, Kattaqo‘rg‘on tumani hududi turli xil tog‘ jinslaridan tashkil topganligi, ularning orasida qadimgi tog‘ jinslaridan tortib hozirgi davr yotqiziqlarigacha uchratish mumkinligi haqida xulosa qilindi. Olingan ma’lumotlar asosida Kattaqo‘rg‘on tumani geologik xaritasi ArcGIS 10.8 dasturi orqali tuzildi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Абдиқулов Ф. И. Самарқанд вилояти биоиқлимий шароитлари ва улардан туризмни ривожлантиришда фойдаланиш имкониятлари. География фанлари бўйича фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. –Т.: 2022.
Баратов П. Ўзбекистон табиий географияси. Ўқув қўлланма. –Т.: “Ўқитувчи”, 1996. 280 б.
Mamatqulov M., Egamov B. Geologiya va geomorfologiya. Darslik. –T.: “VneshInvestProm”, 2019. 208 b.
Xasanov I., Gulyamov P., Sharipov Sh., Avezov M., Ibragimova R. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Ma’rifat”, 2023. 308 b.
O‘zbekiston milliy atlasi I jild. -T.: “Kartografiya” IICHDK, 2020. 276 b.
Зияев Р.Р. Зарафшон ҳавзаси дарёлари сув режими фазаларининг иқлим ўзгариши шароитидаги силжишлари. География фанлари бўйича фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Т.: 2021.
Ҳасанов Ж.Ю. Ўрта Зарафшон ҳавзаси ландшафтларида экологик туризмни ривожлантириш истиқболлари. География фанлари бўйича фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. – Самарқанд: 2022.