ERIOBOTRYA JAPONICA URUG‘I TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUSSX USULIDA ANIQLASH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Gulnoraxon Zakirova Ibroximjon qizi
Karimova Dilovar Batirovna
Xo’jayev Vahobjon Umarovich

Annotatsiya

Aminokislotalar fiziologik jihatdan muhim birikmalarni tashkil etib, oqsil, ferment, nuklein kislotalar, yog’lar va gormonlar sintezida ishtirok etadi. Ular keng farmakologik ta'sir spektriga ega bo’lganligi uchun organizmda oson hazm bo’ladi, shu bilan birga inson organizmi uchun havfsiz vosita bo’lib xizmat  qiladi. Almashinmaydigan aminokislotalarga ega bo’lgan o’simliklardan xalq tabobati uchun keng foydalanish, xavfsiz dori vositalarini tayyorlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.  Eriobotrya japonica o’simligi mevasi tarkibidagi urug’ning aminokislotalar tarkibini  sifat va miqdor jihatdan yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida o’rganish tadqiqotning maqsadi etib belgilandi.  Namuna sifatida Farg’ona viloyatida yetishtirilayotgan eriobotrya japonica mevasining urug’i tanlab olindi, uning tarkibidagi aminokislotalar YuSSX Agilent 1260 II Infiniti qurilmasi floresan (FLD) detektori yordamida aniqlandi. Namuna  tarkibida 18 xil aminokislotalar sifat va miqdor jihatdan taxlil qilindi. Olingan natijalarga ko’ra, namuna tarkibida 13 turdagi aminokislotalar mavjud bo’lib, eng yuqori miqdorda lizin (18.947mg/g) mavjudligi aniqlandi. Eriobotrya japonica urug’ida almashinmaydigan aminokislotalardan arginin (0.0656mg/g), valin (0.0474mg/g), gistidin (0.0144mg/g), izoleytsin (0.16mg/g), metionin (0,017mg/g), triptofan (0.097mg/g), fenilalaninlar (0.0425mg/g)  aminokislotalari, almashinadigan aminokislotalardan esa glitsin (0.927mg/g), alanin (0.207mg/g), serin (0.2839mg/g) va tirozin (0.034mg/g) aminokislotalari bor ekanligi tadqiq etildi. Almashinmaydigan aminokislotalar miqdori 0.0144mg/g dan 18.947mg/g ga qadar bo’lgan. Urug’ tarkibida leysin, glutamin, asparagin, prolin va trianin aminokislotalari uchramadi. Eriobotrya japonica urug’i tarkibidagi boshqa biologik faol birikmalar bilan birgalikda tarkibidagi almashinmaydigan aminokislotalarning mavjudligi uning terapevtik ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi hamda yangi turdagi tabiiy dori vositalarini ishlab chiqarishga zamin yaratadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Kimyo
Mualliflar biografiyasi

Gulnoraxon Zakirova Ibroximjon qizi, Qo’qon davlat pedagogika instituti

Qo’qon davlat pedagogika instituti doktoranti

Karimova Dilovar Batirovna, Qo’qon davlat pedagogika instituti

Qo’qon davlat pedagogika instituti dotsenti, PhD

Xo’jayev Vahobjon Umarovich, Qo’qon davlat pedagogika instituti

Qo’qon davlat pedagogika instituti professori, k.f.d.

Foydalaniladigan adabiyotlar

Шкроботько П.Ю. (2009). Аминокислотный состав подземных органов валерианы Фори и валерианы бузинолистной / П.Ю. Шкроботько, Д.М. Попов, Н.С. Фурса // Фармация. — №7. — С.19-23.

. Шуляковская Т.А. (2007). Динамика содержания аминокислот в почках и листьях Betula pubescens и B. pendula (Betulaceae) в течение вегетационного периода / Т.А. Шуляковская [и др.] // Растительные ресурсы.— Т. 43, вып. 4. — С. 87-94.

Шилова И.В. (2002). Аминокислотный и минеральный состав надземной части Atragene speciosa Weinm / И.В. Шилова [и др.] // Химико-фармацев-тический журнал.— Т.36. — №11. — С. 36-38.

Шилова И.В. (2008). Аминокислотный и элемент- состав активной фракции княжика сибирского / И.В. Шилова [и др.] // Вопросы биологиче-ской, медицинской и фармацевтической химии. — № 3. — С. 34-37.

I.R.Asqarov, Yu.T.Isayev, A.G.Maxsumov, Sh.M.Qirg’izov (2022). Organik kimyo T.: G.Gulom nomidagi nashriyot-manbaa ijodiy uyi. -752b.

G.Zakirova, V. Khojaev, D.Karimova (2023). Study of the chemical composition of the plant eriobotrya japonica//international Conference on Advance Research in Humanities, Sciences and education Poland, Conference august 20th Pp.29-33.

Каримова Диловар Батировна, Закирова Гулнора Иброхимжон Кизи,

& Носирова Висолахон Мирзаюнусжон кизи (2023). Сравнительный анализ минерального состава листьев растения eriobotrya japonica Universum: химия и биология, (10-2(112)), 5-9. doi:1032743/UniChem.2023.112.10.16025