QORADARYO HAVZASI YUKSAK SUV O'SIMLIKLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Qoradaryo suv havzalarida o'suvchi o'simliklarning o'sishi, rivojlanishi, mahsuldorligi va kimyoviy tarkibiga ba'zi omillarning ta'siri hamda ulardan xalq xo'jaligida foydalanish to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Suvda o'suvchi o'simliklarni o'rganishni osonlashtirish uchun, avvalo, ular uchta katta gruppaga; suvda qalqib o'suvchi, suvga yarim botib o'suvchi va suv qatlamida o'suvchi o'simliklarga bo'lib bayon etiladi. Qoradaryo havzasidagi o'rganilmagan yoki kam o'rganilgan yuksak suv va suv botqoq o'simliklar florasini o'rganish, hozirgi zamonaviy tizimini ishlab chiqishni maqsad qilib olindi.
Buni amalga oshirish uchun: adabiy manbalardagi mavjud yuksak suv va suv botqoq o'simliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni tahlil qilish; Daryo havzasidagi tabiiy va sun'iy suv havzalardagi yuksak suv va suv botqoq o'simliklarining namunalari (gerbariylari)ni yig'ish va uni aniqlashdan iborat.
Suv va suv botqoq o'simliklar ichida em-xashak, qurilishbop, dorivor vitaminli, asal - shirali, kraxmalli, manzarali turlari juda ko'p. Kun sayin suv o'simliklari hom - ashyosiga bo'lgan talab o'sib bormoqda. Qoradaryo havzasidan 240 dan ziyod yuksak suv va suv botqoq o'simliklarining na'munalari yig'ildi va ularni tahlil qilish natijasida 4 ta bo'lim, 5 ta sinf, 12 ta sinfcha, 25 ta qabila, 29 ta oila, 47 ta turkumga oid 114 ta tur aniqlandi. Bular orasida etakchi oilalar: Poaceae (21 tur). Cyperaceae (19), Potomagetonaceae (6 tur), Typhaceae (8 tur) aniqlandi. Aniqlangan yuksak suv va suv botqoq o'simliklar ichida em - xashak, qurilishbop, dorivor, vitaminli, asal - shirali. kraxmal, manzarali turlari juda ko'p. Kelajakda ular orasidan istiqbolli turlarni ajratib olish va introduktsiya sharoitida bioekologik xususiyatlarini o'rganish, yalpi ko'paytirish usullarini ishlab chiqish va xalq xo'jaligiga tadbiq qilish tavsiya etiladi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Korelyakova va I.I. Raspopov Strukturniy osobennosti flori vodoyomov. Tezisi dokladov.Borok. 2008.
Keldibekov S. Flora I rastitelnost ribovodnix prudov Chirchik-Angrenskogo basseyna. T.2001.
Taubaev T.T., Abdiev M., Ryaski vodoyomov Uzbekistana I ix ispolzovanie v narodnom xozaystve. T.2003.
Shoyakubov R.Sh. Biologiya pistii telorezovidnoy i vozmojnosti ee prakticheskogo ispolzovaniya T. 2003.
Katanskaya V. M. Suv o'sishi bo'yicha tadqiqot metodologiyasi.M. 1981 yil.
Pratov O'va. OdilovT.O'zbekistonning yuksak o'simliklari oilalarining zamonaviy tizimi va o’zbekcha nomlari T.1995.