O‘ZBEKISTON MILLIY TRANSPORT TIZIMINING IQTISODIY ASOSLARI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Umarali Gulmatov

Annotatsiya

Maqolada Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi transport tizimining iqtisodiy asoslari qanday tashkil etilganligi manbaa va adabiyotlar tahlili asosida o‘rganilgan. Mazkur tadqiqot Respublikada aholi va yuk tashish tizimini yanada yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda mamlakatimiz transport tizimining moddiy texnik bazasi, aeroportlar, vokzallar hamda yo’l infratuzilmalarini tashkil qilishda asosan, qaysi mablag’lar qay holatda jalb etilyotganligi tadqiq etildi. Mazkur faoliyatlar tarmoq tashkilotlarining ijrochi mablag’lari, xususiy sektorlar tomonidan beriladigan moddiy ta’minot, Respublika hamda xorijiy kompaniyalarning yo’naltigan investitsiyalari orqali amalga oshirilishi aniqlandi. Bundan tashqari, 1991-yildan to bugungi kungacha bo’lgan vaqt oralig’ida aholini transport vositalari bilan ta’minlash masalasidagi islohotlar, ularning yutuq va kamchilik tomonlari ham batafsil yoritilgan. Qolaversa, Respublika va xalqaro miqyosda transport vositalari orqali tashish masalasiga tahliliy va tanqidiy jihatdan baho berilgan. Sohada foydalanilayotgan samolyotlar, yo’lovchi va yuk poyezdlari, yo’lovchi va yuk avtomobillari, avtobuslar, tramvaylar trolleybuslar hamda metro poyezdlari harakatini doimiy tarzda olib borish, texnik vositalarni ishlab chiqarish va yangilash haqidagi fikrlar bayon etilgan. Ushbu tadqiqotdan Transport sohasi bo’yicha ta’lim muassasalarida foydalanish mumkin.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Iqtisodiyot
muallifning biografiyasi

Umarali Gulmatov, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti

Foydalaniladigan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. 07.02.2017-yildagi PF-4947-son.

O‘zR Prezidentining “Elektrlashtirilgan Angren-Pop temir yo‘l liniyasining qurilishini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 18-iyundagi PQ-1985-sonli qarori.

Qodirov T. Avtomobil transporti raqobatbardoshligi: tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar. Monografiya. – T.: Yangi asr avlodi, 2013.

Xasilov H. boshchiligida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlari. O‘zbekiston temir yo‘llarining 30 yillik tarixiy yo‘li. Kitob-albom. T.: “Color Pack”, 2022.

OʼzMА, M-90-jamgʼarma. 1-roʼyxat. 15-yigʼma jild.

Аbdurahmonov, А. “Oʼzbekiston havo yoʼllari”: yangi samolyotlar, yangi liniyalar // Xalq soʼzi. – 1996-yil, 22-fevral. 38-son.

Аzimov, K. “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning taraqqiyot pillapoyalari : 28-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi faoliyatiga 18 yil toʼldi // Qishloq hayoti. – 2010-yil 29-yanvar. 13-son.

Ismoilov, D. Yangi tezyurar poezdlar: [xitoylik lokomotivsozlardan “O’zbekiston temir yo’llari” DАTK parkagi keltirilgani haqida] // Toshkent oqshomi. – 2010-yil, 7-iyun. 109-son.

Maxsumov, S. “Oʼzbekiston havo yoʼllari”: zamonaviy, ishonchli, qulay // Xalq soʼzi. 2011-yil 28-yanvar.

Nikolaev V. Yangi va yuksak ufqlar sari // Xalq soʼzi. – 2010-yil 14-avgust.

Orlova T., Boliev E., Аvaz S. Ozodlikning qanotli tulporlari. // Xalq soʼzi. 2002-yil 24-yanvar. 18-son.

Poʼlatov А. Qitʼalar yoʼllari Toshkentda uchrashadi: [Oʼzbekiston milliy aviakompaniyasining 3 yilligiga oʼtkazilgan matbuot konferensiya haqida] // Oʼzbekiston ovozi. – 1995-yil 7-fevral. O‘zbekiston qanotlari. 2016-yil, 25-yanvar – 7 fevral.

Jabborova F., Toshev N. Xorijiy sarmoyalar – temir yo‘llarga. // Xalq so’zi, 2000-yil 1-noyabr, 217-son.

Sobirov R. (Aviatsiya huquqi bo‘yicha xalqaro ekspert) “Aviatsiya yordamida turizmni rivojlantirish” mavzusida 2018-yil 2-noyabrda spot.uz saytiga bergan intervyusi. https://www.spot.uz/oz/2018/11/02/sobirov-avia/