IKKILAMCHI POLIETILEN CHIQINDISI ASOSIDAGI POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARNING ZICHLIGINI GIDROSTATIK TORTISH USULIDA O‘RGANISH
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada past bosimli polietilen chiqindilarini ikkilamchi qayta ishlash asosida polimer kompozitsion materiallar olish va uning fizik-mexanik xossalarini o‘rganish nazarda tutilgan. Polimer kompozitsion materiallar olishda kimyoviy bog‘lovchilar va modifikatorlar sifatida oltingugurt elementi va melamindan foydalanilgan. Kompozitsion materiallarning olovga bardoshliligini oshirish maqsadida alyuminiy oksidi komponent sifatida qo‘shilgan. Hosil qilingan polimer kompozitsion materiallarning miqdoriy nisbatlari topilgan. Olingan polimer kompozitsion materiallarning realogik xossalaridan biri bo‘lgan zichligi gidrostatik tortish usuli yordamida aniqlangan. Olingan natijalarga ko‘ra ikkilamchi polietilen tarkibiga kiritilgan komponentlar polimer kompozitsion materiallar zichligini oshiradi. Zichlikning ortishi esa polimer kompozitsion material tarkibiga kiritilgan komponentning miqdori, tarkibi, tuzilishi va xossalari bilan davriy ravishda bog‘liqligi aniqlandi. Olingan natijalarga ko‘ra polimer kompozitsion material tarkibiga kiritilgan komponentlar miqdoriy nisbatlarining ortishi polimer kompozitsion materiallar zichligining parallel ravishda ortishiga olib kelishi aniqlandi. Chunonchi ikkilamchi polimer chiqindisi tarkibiga kiritilgan komponentlar o‘zlarining xossalari bo‘yicha polimer matritsasi tarkibida geterogen fazalarning vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. Biroq chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan ikkilamchi polietilen chiqindisi tarkibiga kiritilgan elementar oltingugurt va melamin moddalari polimer kompozitsion materialning asosini tashkil etuvchi chiziqli ikkilamchi polietilen matritsasi bilan kimyoviy bog‘lar hosil qilib birikishi kuzatiladi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Кирш И.А., Овсянников, С.А., Безнаева, О.В., Банникова, О.А., Губанова, М.И., Новиков, М.Н., Тверитникова, И.С. (2022). Перспективы повторной переработки отходов одноразовой упаковки. Health, Food & Biotechnology, 4(2), 31–47. https://doi.org/10.36107/hfb.2022.i2.s149.
Daria Frączak “Chemical Recycling of Polyolefins (PE, PP): Modern Technologies and Products” Waste Material Recycling in the Circular Economy - Challenges and Developments. Page: 1-17. DOI: http://dx.doi.org/10.5772/intechopen.99084.
Тверитникова, И. С., Банникова, О. А., Безнаева, О. В., Романова, В. А., Загребина, Д. М., & Кондратова, Т. А. (2019). Модификация полимерных смесей с сополимерами для получения полимерных композиций с улучшенными деформационно-прочностными характеристиками. Health, Food & Biotechnology, 1(3). c. 92-102. https://doi.org/10.36107/hfb.2019. i3.s251.
Бекназаров Э.М., Лутфуллаев С.Ш., Сайдалов Ф.М. Исследование ИК-спектры при переработке вторичных полимеров. // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. 2021. 5(86). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/11716.
Muhammad Rafiq Kakar, Peter Mikhailenko, Zhengyin Piao, Moises Bueno, Lily Poulikakos Analysis of waste polyethylene (PE) and its by-products in asphalt binder. Construction and Building Materials 280 (2021) 122492 https://doi.org/10.1016/j.conbuildmat.2021.122492.