MUSTAQILLIK DAVRIDA IJTIMOIY-FALSAFIY TADQIQOTLAR TAHLILI (1990-1994 YILLAR)

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Ortiqov Otabek

Annotatsiya

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sho‘rolar davrida nohaq unutilgan yoki rad etilgan millatimizning tarixiy-madaniy, ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy-axloqiy merosini tadqiq qilish imkoni tug‘ildi. Shu vaqtgacha o‘rganilishi ta’qiqlab qo‘yilgan yoki monistik uslubda o‘rganilgan mutafakkirlarning nomlarini tiklash, ularning merosini milliy demokratik nuqtai nazardan tahlil qilish obyektiv zaruriyatga aylandi. Ushbu tadqiqotlarga yangi metodologiya nuqtai nazaridan yondashish, ularni barkamol avlodni tarbiyalashda va ma’naviyat rivojidagi ahamiyatini ko‘rsatib berish hozirgi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga kiradi.


Tadqiqot maqsadi diyorimizdagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixini o‘rganish va uni mustaqillik yillarida yoritish borasida katta ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi va hozir ham olib borilmoqda. Mavjud empirik ateriallarni to‘plash, umumlashtirish va xolisona baho berish vaqti keldi. Shunday tadqiqot kelgusi ilmiy-nazariy ishlarimizning yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilashga, diqqatimizni muhim va dolzarb masalalarga qaratishga yordam beradi.  Mustaqillik yillarida yangi ijtimoiy falsafa shakllandi.  maqolada mustaqillik dastlabki yillarida o‘tkazilgan ilmiy izlanishlar tahlili ko‘rib chiqilgan. Faylasuf olimlar kitoblari, asarlar qisqacha mazmuni yoritib berilgan.


Tadqiqot metodlari: Analiz va sintez, retrospektiv tahlil, kontent-analiz, dialektik yondashuv, tarixiylik, vorisiylik, qiyosiy tahlil, kuzatuv kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanilgan.


Tadqiqot natijalari sifatida quyidagilarini ko‘rsatish mumkin:


sho‘rolar davrida o‘tkazilgan tadqiqotlarni tanqidiy tahlil qilish;


mustaqillik yillarida yangi ijtimoiy-falsafiy tafakkurning obyektiv ma’naviy zarurat ekanini asoslash;


milliy mafkura bilan yangi ijtimoiy-falsafiy tafakkurning dialektik uyg‘un voqeliklar ekanini ko‘rsatish;


Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistan Respublikasi mustaqil taraqqiyotga o‘tgach demokratik xuquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni shakllantirishni o‘zining strategik maqsadi qilib qo‘ydi. Ushbu strategik maqsadga yetishning samarali yo‘llaridan biri xalqimiz, millatimiz, ijtimoiy-tarixiy, siyosiy, ma’naviy tajribasiga murojaat etib, undagi milliy taraqqiyotga mos keluvchi qadriyatlarni o‘rganish, ularni ma’naviy hayotga tadbiq etishdir.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Ilmiy axborot
muallifning biografiyasi

Ortiqov Otabek, Kokan State Pedagogical Institute

Qo‘qon davlat pedagogika instituti dotsenti v.b, f.f.d.(PhD)

Foydalaniladigan adabiyotlar

Худойберганов К. Развитие общественно-политической и философской мысли в Каракалпакстане (XIX и начала XX веков). -Нукус, “Каракалпакстан”, 1990. (Khudoyberganov K. Development of socio-political and philosophical thought in Karakalpakstan (XIX and early XX centuries). -Nukus, “Karakalpakstan”, 1990.)

Қаранг: Из истории общественно-философской мысли и вольнодумия в средней Азии. -Т.: “Фан”, 1991.-С. 35. (look: From the history of social and philosophical thought and freethinking in Central Asia. -T.: “Fan”, 1991.-P. 35.)

Қаранг: Нишанов М.Н. Обновление духовной жизни наций. —Т.: Фан, 1992; Ширматова Г. Взаимодействие национальных культур и духовное формирование личности. —Т.: Фан, 1991, ва б. (look: Nishanov M.N. Renewal of the spiritual life of nations. — T.: Fan, 1992; Shirmatova G. Interaction of national cultures and spiritual formation of personality. —T.: Fan, 1991, and other)