BAHODIR QOBULNING "ENASHAMOL"QISSASIDA MILLIYLIKNING AKS ETISHI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Gulmiraxon Abdujalilova

Annotatsiya

Bugungi kunda zamonaviy oʻzbek nasriga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan yozuvchilar ijodini oʻrganish, tadqiq qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi oʻzbek adabiyoti, xususan, asardagi badiiyat, milliylik asosiy masalalardan biri sanaladi. Milliylik yozuvchining gʻoyaviy-badiiy qarashlarini oʻzida aks ettiradi. Ijodkor bir xalq vakili sifatida yaratgan asarlarida oʻz mintalitetiga xos boʻlgan milliylik unsurlarini asarlarida aks ettiradi. Qahramonlarning harakteri, tashqi tuzilishi, yashash tarzi orqali ijodkor oʻzi mansub boʻlgan xalq vakillariga xos boʻlgan milliy xususiyatlarni koʻrsatib beradi. Ushbu maqolada badiiy asardagi milliylik masalasi, milliylik boʻyogʻining badiiy asardagi oʻrni, milliy mentalitetga xos detallar, urf-odatlar oʻrganildi. Iste’dodli yozuvchi Bahodir Qobulning “Enashamol” qissasi tadqiq qilindi. Yozuvchi ijodidagi oʻziga xoslik, milliylik unsurlarining oʻziga xos tarzda keltirilishi aniqlandi. “Enashamol” qissasida yozuvchi keltirgan badiiy detallar, urf-odatlar orqali milliy mafkurani koʻrsatib bergan. 

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Adabiyotshunoslik
muallifning biografiyasi

Gulmiraxon Abdujalilova, Farg'ona davlat universiteti

Fargʻona davlat universiteti magistranti

Foydalaniladigan adabiyotlar

Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. -Toshkent, “Oʻzbekiston”-2001.-560 b.

Qobul B.Enashamol. -Tezmiz-Shahrisabz-Qarshi, 2008. -43 b.

Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi, Toshkent, 2004.-264 b.

Sultоn I. Аdаbiyot nаzаriyasi. -Toshkent, 2005. -272 b.