LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK: LINGVOKULTURЕMA VA LOGOEPISTЕMA

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Axrorova Ruzixon Usmanovna

Annotatsiya

Lingvomadaniyatshunoslik tilda mavjud insonning madaniy omiliga, ikkinchi tomondan, insondagi lisoniy omilga yo‘naltirilgan hamda lingvomadaniyatshunoslik inson haqidagi fanning bir qismidir, uning o‘ziga jalb qiluvchi markazi madaniyat fenomenidir. Lingvomadaniyatshunoslik XX asrning oxirgi choragida, tilshunoslikdagi antropologik paradigma mahsuli sifatida paydo bo‘ldi. Shunday qilib, lingvomadaniyatshunoslikning paydo bo‘lishi XX-XX1 asrlarning falsafiy va lingvistik nazariyalari taraqqiyotining qonuniy natijasidir.V.A.Maslovaning darsligi bu fan bo‘yicha eng ommabop ish hisoblanadi. Unda lingvomadaniyatshunoslik fanining metodologik asosi keltiriladi va Rossiyadagi lingvomadaniy tadqiqotlarning zamonaviy yo‘nalishlari bayon qilinadi. Muallif “lingvistika va madaniyatshunoslikning tutashgan joyida vujudga kelgan tilshunoslikning sohasi” degan fikrni bildirib, lingvomadaniyatshunoslikning fanlararo xarakterini ta’kidlaydi. Uning ta’rifiga ko‘ra, “lingvomadaniyatshunoslik - milliy jonli tilni o‘zida mujassamlantirgan va til jarayonlarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy madaniyatni o‘rganadigan ijtimoiy fan, yoki “madaniyatshunoslik va tilshunoslik, etnolingvistika va antropologiyaga oid tadqiqotlar natijasini o‘z ichiga oladigan bilimlarning integrativ sohasidir”. Til va madaniyatning lisoniy xususiyatlarini lingvomamlakatshunoslik yondashuv doirasida o‘rganish jarayonida kulturema tushunchasi tavsiya qilingan. Demak, til madaniyat ko‘zgusi sifatida xalqlarning o‘zligini, mentalitetini milliy xarakterini, urf-odatlarini, qadriyatlarini ifodalovchi vosita hisoblanib, barcha milliy qadriyatlarni lingvokulturema va logoepistema tushunchalari orqali yuzaga chiqaradi va bu har ikkala tushuncha-termin ham o‘ziga tegishli ilmiy paradigmada qo‘llanadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Ilmiy axborot
muallifning biografiyasi

Axrorova Ruzixon Usmanovna, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti., f.f.f.d., (PhD), dotsent

Foydalaniladigan adabiyotlar

Vorobev V.V. Lingvokulturologiya: Teoriya i metodi. – M.: 1997. – s. 35-45.

( Vorobev V.V. Linguistic culture: theory and method. – M.: 1997. – p.35-45.)

Gak V.G. Yazikovie preobrazovaniya. – M.: 1998. – s. 49. (Gak V.G. Language conversions. – M.: 1998. – p. 49.)

Gumboldt V.fon. Yazik i filosofiya kulturi. – M.: 1985. – s. 370. (Gumboldt V.fon. Language and philosophy of culture. – M.: 1985. – p. 370.)

Maslova V.A. Vvedeniye v lingvokulturologiyu. – M.: Naslediye, 1997. – s. 39. ( Maslova V.A. Introduction to cultural linguistics. – M.: Naslediye, 1997. – p. 39.)

Maslova V.A. Lingvokulturologiya. – M.: 2001. – s. 76. (Maslova V.A. Cultural linguistics. – M.: 2001. – p. 76.)

Sheygal Ye.I., Buryakovskaya V.A. Lingvokulturologiya: Yazikovaya reprezentatsiya etnosa. – Volgograd: 2002. – s.9. (Sheygal Ye.I., Buryakovskaya V.A. Cultural linguistics. – Volgograd: 2002. – p.9.)