FRAZEOLOGIZMLAR TAQIQI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Yusufjonova Shaxloxon Muxtorovna

Annotatsiya

Ma’lum bir lisoniy hamjamiyatda erkin soʻz birikmalaridan farqli ravishda qisman yoki toʻliq turgʻun holatdagi soʻz birikmalari frazeologik birliklar deb ataladi. Ushbu iboralar o‘ziga xos semantik va sintaktik xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqa til vakillari, tarjimonlar uchun murakkab sotsiolingvistik masala hisoblanadi, chunki ular ko‘pincha tom ma’noda tarjima qilinmaydi va madaniy kontekstlarga bog‘liq holda muloqotda ishtirok etadi.Frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini oʻrganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qoʻllanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Frazeologiyaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan (yaʼni avvaldan tayyor boʻlmagan) soʻz birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir. Idiomafrazeologizmlar, frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) oʻrtasidagi muayyan tafovutlarga qarab koʻplab tadqiqotchilar Frazeologiyani 2 xil: tor va keng maʼnoda tushunadilar. Uni keng maʼnoda tushunilganda, Frazeologiya doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, baʼzi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi. Lekin bu masala, yaʼni Frazeologiyani keng maʼnoda tushunish masalasi hanuz munozarali boʻlib qolmoqda. Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniklash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini oʻrganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qoʻllanuvchi soʻzlar va ularga xos maʼnolarning oʻziga xos xususiyatlarini aniklash; frazeologizmlarning soʻz turkumlari bilan oʻzaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniklash; frazeologik birliklar tarkibida soʻzlarning yangi maʼnolari hosil boʻlishini oʻrganish va boshqa Frazeologiya frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni oʻrganish, tasniflash va lugʻatlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan oʻziga xos, xilmaxil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktursemantik, grammatik vazifaviyuslubiy asoslarga kura tasnif etiladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Ilmiy axborot
muallifning biografiyasi

Yusufjonova Shaxloxon Muxtorovna, Fergana State University

Farg‘ona davlat universiteti., f.f.f.d., (PhD)

Foydalaniladigan adabiyotlar

Sh.Rahmatullaev. O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari, Toshkent, 1966, 9-58-b.

Sh.Rahmatullaev. Nutqimiz ko‘rki, Toshkent, 1970, 5-43-b.

A.Mamatov. Frazeologizmlarning shakllanish asoslari, Toshkent, 1996, 5-48-b. 4.Yusufjonova Shakhlo Mukhtorovna. Tarjimada frazeologik iboralarning milliy xususiyati va ularning badiiy asarlardagi tasviriy ifodasi. Current Approaches and new Research and new Research in Modern sciences, 2(2), 112–116. (2023)

Yusufjonova Shakhlo Mukhtorovna.Фраземаларнинг таржима усулллари ва уларни такомиллаштиришда миллий ва маданий хусусиятларининг ифодаланиш жихатлари. Sciences and Innavation in the Education System.2(2), 168–172. ,(2023).

Шахло Мухторовна Юсуфжонова. Миллий ва маданий хусусиятлар доирасида немис ва ўзбек тилларидаги фразеологик бирликларнинг тавсифланиши. "Science and Education" Scientific Journal. Volume 4 Issue 2. 1714-1715. February 2023 /.

Yusufjonova Shakhlo Mukhtorovna. Development of Translation of Phraseological Units in German and Uzbek Languages. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences.Volume: 02 Issue: 02 / 2023.