OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI KELASI ZAMON SHAKLLARINING POLIFUNKSIONALLIGI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Ganiyeva Dildoraxon Аzizovna

Annotatsiya

Muayyan xorijiy tilni oʻrganish jarayonida bu tildagi feʼl zamonlari mavzusi eng keng yoritiladigan qismlardan biri sanaladi. Chunki biror fikrni toʻgʻri ifodalash davomida turli vaqtda sodir boʻlgan voqealarni koʻrsatib berish uchun feʼl zamonining mos shakli qoʻllanilishi katta ahamiyatga egadir. Bunda dunyo tillaridagi zamon grammatik kategoriyasi feʼl bilan ifodalangan harakat voqelangan vaqtni koʻrsatish uchun ishlatiladigan grammatik shakllar yigʻindisi sifatida talqin etiladi. Oʻzbek va ingliz tillarida feʼllarning hozirgi, oʻtgan va kelasi zamon shakllari mavjud deb hisoblansa-da, barcha tadqiqotchilar ham bu fikrni qoʻllab-quvvatlamaydilar. Bunga, albatta, ushbu shakllarga xos sinkretiklik tabiati, bu xususiyatning nutqda polifunksional tarzda namoyon boʻlishi sabab boʻladi. Mazkur maqolada chogʻishtirilayotgan tillardagi feʼllar sohasini oʻrgangan turli tadqiqotchchilar fikr-mulohazalari koʻrib chiqiladi va ularga faol munosabat bildirilib, oʻzbek va ingliz tillaridagi kelasi zamon shakllarining mavjudligi dalillanadi. Bunda sinkretik xususiyatga ega boʻlgan zamon shakllarining polifunksional jihatlari ikki tildagi misollarni chogʻishtirish orqali izohlanadi. Tadqiqotlar va misollar tahlili asosida qiyoslanayotgan tillarda kelasi zamon shakllari oʻzining sinkretik tabiatini reallashtirishi va polifunksional xususiyatini namoyon qilishi haqida xulosa qilinadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Ilmiy axborot
muallifning biografiyasi

Ganiyeva Dildoraxon Аzizovna, Fergana State University

Fargʻona davlat universiteti ingliz tili dotsenti, filologiya fanlari doktori

Foydalaniladigan adabiyotlar

Ганиева, Д. А. (2016). PROBLEM OF PRIMARY AND SECONDARY FUNCTIONS IN LINGUISTICS. Ученый XXI века, (5-1 (18)), 66-68.

Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили. Биринчи китоб. – Тошкент: Mumtoz soʻz, 2010.

Смирницский А. Морфология английского языка. – Москва: Издательство литературы на иностранных языках, 1959.

Турсунов У., Мухторов А., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992.

Ҳожиев А. Феъл. – Тошкент: Фан, 1973.

Azizovna, G. D. Ismoilova Dilorom Rustamjon qizi.(2023). Theoretical foundation of structural linguistics. Scientific Journal of the Fergana State University, 28(4), 28.

Declerck R. The Grammar of the English Verb Phrase. Volume 1: The Grammar of the English Tense System. Berlin: Mouton de Gruyter, 2006.

Ganieva, D. A. (2022). Syncretism and polyfunctionality of the grammatical category of mood. Current research journal of philological sciences, 3(10), 67-74.

Ganieva, S. A. (2023). The process of phraseologicalization and asymmetric dualism. American Journal of Philological Sciences, 3(02), 12-16.

Huddleston, R., Pullum, G.K. The Cambridge Grammar of the English Language. Cambridge: Cambridge University Press, 2002.

Iskandarova , S., Karimova , S., & Abdukarimova , M. (2021). Negative prefixes in english and uzbek languages. Збірник наукових праць SCIENTIA.

Kosimova, M. U. (2022). The development process of the subject of stylistics and its main tasks. Current research journal of Philological sciences, 3(11), 1-7.

Mashrabovna, N. M., & Aʼzamjonovna, Y. S. (2022). Theoretical concept of politeness basics in different-regional variations. Ijodkor oʻqituvchi, 3(25), 25-27.

Mukhtorovna, Y. S. (2023). The history of" wise words" in linguistics. Journal of language and linguistics, 6(4), 29-32.

Palmer F.R. The English verb. London: Longman, 1988.