TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM PEDAGOGIK OMILLARI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Bobomurodova Latofat Elmurodovna

Annotatsiya

Maqolada talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmun-mohiyati va hozirgi kundagi muammolari hamda istiqbollari, ya’ni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash haqida fikr yuritilgan. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda o‘qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o‘yin texnologiyalari, muammoli o‘qitish, xususan, mustaqil ta’limning noan’anaviy metodlari muhim o‘rin tutishi haqida keng yoritilgan. Shu bilan birga, ularda mustaqillik, faollik va qiziquvchanlik xususiyatlari shakllantirilishga alohida urg’u berilgan. Bu uch xususiyat o‘zaro aloqadorlikda va mutanosiblikda mustaqil ta’limga undovchi xususiyatlar hisoblanadi. Mustaqillik bunda talabalarning muammoni hal qilishga, mavzuni o‘rganish va amaliy vazifalarni bajarishlariga mustaqil holda ijodiy yondoshishlari tushuniladi. Faollik bunda talabalarning jarayonlarga faol, ishtiyoq bilan kirishishlari tushuniladi. Qiziquvchanlik bunda talabalarning bilim olishga, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish jarayoniga qiziqish, intilish bilan yondoshishlari tushuniladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Ilmiy axborot
muallifning biografiyasi

Bobomurodova Latofat Elmurodovna, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti,dosenti (PhD)

Foydalaniladigan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasi. 2022 yil 20 dekabr. // www.uza.uz

Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda qilgan maruza. T., Xalq so‘zi, 2020 yil dekabr.

PF-5847-son 08.10.2019. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.

Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T., 2005.

Muslimov N.A., Qo‘ysinov O.A., Abduraxmonov Sh., Abdullayeva Q., Gaipova N. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarning metodik kompetentligini shakllantirish texnologiyalari. Metodik qo‘llanma. T.:TDPU Rizografi, 2014. 675 b.

Ximmataliyev D.O. Kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integrasiyasi: Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik (DSc) diss. avtoref. – T.: 2018. - 70 b..

Tolipov O‘.Q. Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari: Dis. … ped. fan. dok. – Toshkent: 2004. - 314 b

Qo‘ysinov O.A. Kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalari. Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik (DSc) diss. T.: 2019. - 56 b.

Bobomurodova L.E. Innovasion ta’lim jarayonida bo‘lajak texnologik ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining kasbiy-metodik ijodkorligini takomillashtirish. Diss. ... Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).- Samarqand, 2022.