“HARRY POTTER” TURKUMIDAGI ASARLARDA NEOLOGIZM VA OKKAZIONALIZMLARNING QO‘LLANILISH TADQIQI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Har bir tilda takomillashish va kengayish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Til rivojlanishining eng katta salohiyati uning lug‘at boyligidir. Barcha tillarning leksik makro maydonini yangi shakllar bilan to'ldirishda neologizmlar va okkazional so’zlarning ahamiyati katta. Maqolada neologizmlar va okkazionalizmlarning tarjima jarayonidagi o’ziga xos xususiyatlari ingliz tilidan o’zbek tiliga bilvosita o’girilgan badiiy asar misolida o’rganildi. Lingvistik tahlil uchun asos sifatida Joanna Ketling Roulingning “Harry Potter” kitoblari olindi. Tarjima jarayonida to’g’ri tanlangan ekvivalent tarjima sifatini belgilaydi. Negaki mazmunning asl mohiyatini yo’qotmasdan uni yetkazib berish tarjimonning vazifasidir. Nazariy adabiyotlarni tahlil qilish mobaynida shuni ta’kidlashga imkon beradiki, bugungi kungacha neologizmlar va okkazionalizmlarni o'rganishda umumiy tushunchani shakllantirish va chuqurlashtirish uchun juda ko'p ishlar qilingan. Biroq, ularning ingliz tilidan o’zbek tiliga o’girilishidagi holatlar kabi qator masalalar haligacha tegishli yechimini topgani yo‘q. Shuning uchun ushbu maqolada yangi so’zlarning qay darajada mukammal tarjima qilinishiga alohida e’tibor beradi. Tadqiqot davomida ta'riflash, lingvistik kuzatish va tavsiflash usuli; tadqiqot mavzusi bo'yicha lingvistik adabiyotlarni tahlil qilish; uzluksiz namuna olish hamda kontekstli tahlil usullaridan foydalanildi.
Kalit so’zlar: neologizm, okkazionalizm, lingvistik makromaydon, leksik tizim, ekvivalentlik, tarjima metodlari.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Ozodov, S. (2018). Hozirgi o’zbek tilida neologizmlar.-Toshkent
Boudraf, W. (2020). Investigating Neologisms in J.K. Rowling’s Harry
Potter: Applying a Morphological Theory by W.N. Francis.
Irgasheva, SH. (2022). Internet diskursdagi neologizmlarni tarjima qilish
xususiyatlari.-Toshkent
Martinez, M. C. (2014). Neologism in Harry Potter books.
Dolimov, SH. Z. (2018). Garri Potter va Afsonaviy Tosh.-Toshkent