OILADAGI IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNING FARZAND TARBIYASIGA TA’SIRI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Karimova Gulchehra Abdukarimovna

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oila insonning baxt-saodatini ta’minlovchi qo‘rg‘on ekanligi asoslab berilgan bo‘lib, uning ham ilohiy, ham insoniy himoyasi mavjud ekanligi izohlab berilgan. Oila inson zoti yaratilgandan boshlab davom etib, insoniyat tarixining hamma davrlarida, har qanday tuzum va sharoitda ham kishilarning asosiy hamda sharafli qadriyatlaridan hisoblangan. Oila dunyosi bir qator ma’naviy, axloqiy, ruhiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlar mujassamlashgan bedahl makon bo‘lib, yaxlit olganda, unda butun boshli tarix, millat, davlat o‘z ifodasini topganligi bayon qilingan. Oila farovonligi – milliy farovonlik asosidir. Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, halollik, rostgo‘ylik, or–nomus, sharm-u hayo, mehr–oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar oilada shakllanishi ochib berilgan. Ushbu tadqiqotda oilada otaning o‘rni va mavqei izohlab berilgan. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, “Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri” mavzusida anketa so‘rovnoma o‘tkazilib, olingan xulosalar ushbu maqolada bayon qilingan.


Oilada farzand yo komil shaxs, yo xudbin inson bo‘lib shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bugungi kunda ham bu hikmatli so‘zlarning ahamiyati o‘z kuchini yo‘qotmaganini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida farzandlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, ularda yon-atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, tinch-osoyishta hayotimizga, ko‘p asrlik ma’naviyatimiz va milliy qadriyatlarimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi kurashishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotlarning ahamiyati kun sayin ortib borayotganligi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Falsafa
muallifning biografiyasi

Karimova Gulchehra Abdukarimovna, Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khorazmi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Foydalaniladigan adabiyotlar

Мирзиёев Ш.М. “Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом этириб, янги босқичга кўтарамиз” ("We will resolutely continue our path of national development and raise it to a new level"). –Тошкент.: «Ўзбекистон», 2017. – Б. 125.

Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири (Translation and interpretation of the meanings of the Holy Qur'an). 4-қайта нашр. –Тошкент.: “Шарқ” НМАК, 2012.

Алимов У. “Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам)нинг муборак васиятлари” ("Blessed Wills of the Prophet (peace and blessings of Allah be upon him)" (1-жилд) –Тошкент.: “Мовароуннаҳр”, 2017. – Б. 212.

Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири (Translation and interpretation of the meanings of the Holy Qur'an). 4-қайта нашр. –Тошкент.: “Шарқ” НМАК, 2012.

Қуръони Карим Бақара сураси 233-оят (Holy Qur'an, Surah Baqara, verse 233).

Имом Ғаззолий “Эй фарзанд” (“O child”). Йўлдош Эшбеков таржимаси. –Тошкент.: “Мовароуннаҳр”, 2005. – Б. 35.

Xolid Mansur Abdulloh ad-Daris. Mavqifu al-imamayni al-Buxoriy va Muslim min ashroti-l-liqya va-s-simoʼ. –B 272.

Юсупов Э., Юсупов Ў. Оила – маънавият булоғи (Family is the source of spirituality). Тўплам, Ўзбек миллий қадриятлари илмий-тадқиқот Маркази. – Тошкент, 2003. – Б. 64.

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси (Constitution of the Republic of Uzbekistan). Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.05.2023-й., 03/23/837/0241-сон. Мурожаат қилинган сана 23.06.2023.

Abdulla Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq (Turkish gulistan or morals). Islom odobidan namunalar. Т., 1993. — B. 120 b.

Мусурманова А. Фарзандларимга насиҳатлар (Advice to my children). Монография. – Тошкент.: “Ёшлар нашриёт уйи”, 2020. – Б. 184.