SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Til taraqqiyoti davomida so‘z ma’nolarida turli o‘zgarishlarning yuz berishi tabiiy jarayondir. Eski turkiy tilda qo‘llangan ba’zi so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida ma’lum jihatdan ma’noviy o‘zgarishlarga uchragan. Ayrim so‘zlarning ma’nosi toraygan, ayrimlariniki kengaygan bo‘lsa, ba’zilari o‘zi anglatgan ma’noga qarama-qarshi ma’noda ham qo‘llangan. Ushbu maqolada til taraqqiyoti davomida so‘z ma’nolarida yuzaga kelgan kengayish va torayish hodisalari «Devonu lug‘otit turk» asarida qo‘llangan bir qator leksemalar misolida yoritildi. Eski turkiy tilda jigit, кэjiк, jïлқï, cïғïр, эрÿк, алқïш,aмaч, кӭсäк, эркӓк, кöl, қïшлағ, jаjлағ, оғлан kabi leksemalar iste’molda bo‘lgan. Til taraqqiyotining keyingi davrlariga kelib mazkur leksemalarning tarkibida ma’lum semantik o‘zgarishlar yuz bergan. So‘z ma’no taraqqiyotidagi bunday o‘zgarishlar tasniflash, tavsiflash, qiyoslash va lingvistik tahlil usullari asosida yoritildi. So‘z ma’nolarini izohlashda bir qator lug‘atlarga murojaat qilindi. Sh.Rahmatullayev, M.Mirtojiev, H.Dadaboyev, N.Rahmonov, Q.Sodiqov, B.Abdushukurov, Sh.Usmanova, Sh.Egamova, A.Mo‘minova kabi olimlarning so‘z ma’nosining kengayishi va torayishi yuzasidan bildirgan fikrlari tahlil qilindi, munosabat bildirildi, bu hodisa o‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiq obyekti bo‘lmagani ta’kidlandi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Abdushukurov B.B. XI-XIV asr turkiy yozma manbalar tilidagi zoonimlar: Filol.fan.nomz. ...diss. – Toshkent, 1998 (Abdushukurov B.B. XI-XIV asr turkiy yozma manbalar tilidagi zoonimlar: Filol.fan.nomz. ...diss. – Toshkent, 1998).
Dadaboyev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno-ekonomicheskaya terminologiya. –Tashkent: Yozuvchi, 1991 (Dadaboev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno-ekonomicheskaya terminologiya. –Tashkent: Yozuvchi, 1991).
Dadaboyev H. «Devonu lug‘otit turk»ning til xususiyatlari. Toshkent, 2017 (Dadaboev H. «Devonu lug‘otit turk»ning til xususiyatlari. Toshkent, 2017).
Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. –Toshkent: MUMTOZ SO‘Z, 2010. Mirtojiev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. –Toshkent: MUMTOZ SO‘Z, 2010.
Mo‘minova A. O‘zbek tilida mansab va unvon nomlarining leksik-semantik tarkibi. Filol.fan. nomz. ...diss.avtoref. –Toshkent, 2000 (Mo‘minova A. O‘zbek tilida mansab va unvon nomlarining leksik-semantik tarkibi. Filol.fan. nomz. ...diss.avtoref. –Toshkent, 2000).
Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2009 (Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2009).
Sulaymonova F. Sharq va G‘arb (Qadimiy davr va o‘rta asrlar madaniy aloqalari). –Toshkent: O‘zbekiston, 1997 (Sulaymonova F. Sharq va G‘arb (Qadimiy davr va o‘rta asrlar madaniy aloqalari). –Toshkent: O‘zbekiston, 1997).
Usmanova Sh.Oltoy tillarida mushtarak maishiy leksika. Filol. fan. d-ri ...diss. avtoref. – Toshkent, 2011 (Usmanova Sh.Oltoy tillarida mushtarak maishiy leksika. Filol. fan. d-ri ...diss. avtoref. – Toshkent, 2011).
Egamova Sh. Alisher Navoiy asarlari tilidagi qadimgi turkiy leksika tadqiqi (struktur-grammatik, funksional-semantik aspektlarda). Filol.fan.nomz. ...diss.avtoref. –Toshkent, 2007 (Egamova Sh. Alisher Navoiy asarlari tilidagi qadimgi turkiy leksika tadqiqi (struktur-grammatik, funksional-semantik aspektlarda). Filol.fan.nomz. ...diss.avtoref. –Toshkent, 2007).