
Maqolada Abduxoliq Gʻijduvoniy tasavvufiy ta’limoti tushunchasini Asomiddin O‘rinboyev tomonidan yoritilishi, XV asrlardagi siyosiy-ijtimoiy hayotda bu ta’limotning o‘rni va rivojlanishi haqidagi dalillar ruq’alarga asosan tahlil etilganligi haqida so‘z yuritiladi. Bunda muallif Xoja Ahror Valiy hamda Abdurahmon Jomiyning maktublariga asosan Asomiddin O‘rinboyev chuqur ilmiy tadqiqot o‘tkazganini tahlil etadi. Tasavvufning xojagon tariqatida insoniylikning barcha ijobiy fazilatlari ilgari surilganligi maktublardan ayon bo‘lishini xulosalab beradi.