ALTERNATIV SO‘ROQ GAPLARNING USLUBIY-SEMANTIK TASNIFI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqolada so‘roq gaplarning bir turi hisoblangan alternativ so‘roq gaplarning semantik-struktur belgilarini yoritish bilan birga, ularning mazmuniy va uslubiy jihatdan tasnifi asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Mazmuniy jihatdan alternativ so‘roq gaplar turlicha bo‘lishi kuzatiladi. Qo‘yilayotgan so‘roqning mavzusi va mazmuniy xarakteriga ko‘ra alternativ so‘roq gaplarni quyidagi turlarga bo‘lib tasnif qilindi: oddiy (emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lmagan) alternativ so‘roq gaplar, fikriy murakkablashgan (hissiy-ta’siriy, badiiy-estetik va stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan) alternativ so‘roq gaplar, oddiy alternativ so‘roq gaplarda so‘zlovchining ichki his tuyg‘ulari ifoda etilmaydi va chuqurlashtirilmaydi. Ularni uslubiy jihatdan neytral shakllangan gaplar sifatida ham baholash mumkin. Alternativ so‘roqning xarakterli jihati, so‘roq gaplarning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, alternativ so‘roqqa “ha”, yoki “yo‘q”, deb javob berib bo‘lmaydi. Alternativ so‘roq gaplar tahlilida shunga alohida e’tibor qaratish lozimki, ularda aniq kontekst yoki nutqiy vaziyatning aniqligi, kommunikativ shart-sharoit, nutq qatnashchilari miqdori kabilar tadqiqotchining diqqat markazida bo‘lishi zarur, chunki mazkur jihatlar alternativ so‘roq gaplarning shakllanishi, mazmuni, badiiy-estetik tomonlari va uslubiy jihatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
Tsya robota litsenzuetsya vydpovídno do Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 xalqaro litsenziyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Стрелцов А.А. Три подхода к категории вопросительности. Вестник ПНИПУ. Проблемы языкознания а педагогики № 3, 2017. – C 43-57. ( Streltsov A.A. Three approaches to the category of questioning. Bulletin of PNRPU. Problems of linguistics and pedagogy)
Abdupattoyev M.T. Alternativ so‘roq gaplar matnni shakllantiruvchi vosita sifatida. NamDU ilmiy axborotnomasi. 2020 yil 5-son, 304-308 betlar. (Abdupattoyev M.T. Alternative interrogative pronouns as a means of text formation. NamSU scientific bulletin)
Abdupattoyev M.T O‘zbek tilining poetik sintaksisi.(Monografiya) Farg‘ona. “Classik” 2021, 133-137 betlar. (Abdupattoyev MT Poetic syntax of the Uzbek language. (Monograph) Fergana)