logo
O‘zbekcha

SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI

Authors

DOI:

https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a%25p

Keywords:

Och tusli bo‘z, unumdorlik, agrokimyoviy tahlil, gumus, yalpi azot, harakatchan fosfor, harakatchan kaliy, oziqa elementlari.

Abstract

O‘rganilgan tuproqlarning haydov qatlami gumus “Bekzod-Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida  2,30%,  “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi  tuproqlarining 1-kesmaning 0,20 sm  haydov qatlamida 1,20%   va yalpi azot “Odiljon Serhosil” fermer xo’jaligi  tuproqlarining 0-28 sm haydov qatlamida  0,100%, “Bekzod-Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 0,140%  bilan yetarli darajada ta’minlanmagan. Bu tuproq unumdorligini saqlash va oshirish uchun muntazam ravishda organik o‘g‘itlar (go‘ng, kompost) qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.

Barcha xo‘jaliklar tuproqlarida o‘simlik o‘zlashtiradigan harakatchan fosfor miqdori “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi  tuproqlarining 2-kesmadagi 0,25 sm  haydov qatlamida 2,82 mg/kg , “Bekzod Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 7,22 mg/kg  keskin tanqis “juda past” darajada. Yalpi fosfor zaxirasi yuqori bo‘lsa-da, uning harakatchanligi past. Bu fosforli o‘g‘itlarni, ehtimol, yuqoriroq me’yorlarda va maxsus shakllarda (masalan, suvda eruvchan) qo‘llashni talab etadi.

Harakatchan kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi past “Odiljon Serhosil” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-28 sm haydov qatlamida 75,80 mg/kg dan o‘rtacha “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi tuproqlarining 1-kesmasida tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 166,40 mg/kg gacha  o‘zgarib turadi. Bu kaliyli o‘g‘itlarni ham tuproq tahlili asosida differensial qo‘llash lozimligini ko‘rsatadi.

Tuproq unumdorligini tiklash va yuqori hosildorlikka erishish uchun ushbu fermer xo‘jaliklarda agrokimyoviy kartogrammalarga asoslangan oziq elementlar balansini hisobga oluvchi ilmiy asoslangan o‘g‘itlash tizimini joriy etish tavsiya etiladi.

Author Biographies

  • Ibrohimova Sabohat Ahmadali qizi

    Tayanch doktorant

  • Qo‘chqorov Bobirjon Mamasamin o‘g‘li

    Tayanch doktorant

  • Xoldarov Davronbek Madaminovich

    Farg‘ona davlat universiteti, biologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son farmoni. Lex.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmoni. Lex.uz

3. Rasulov A.M., Qodirov U.R. O‘zbekiston tuproqlari va ularning unumdorligi. Toshkent: “Fan” nashriyoti.

4. Bobomirzayev P.X., Sultonov M. Agrokimyo va o‘g‘itlash tizimlari. Samarqand: SamDAQI nashriyoti. 2020 -y.

5. Lal R. (2016). Soil health and carbon management. Food and Energy Security, 5(4), b 212-222.

6. Havlin J.L., Tisdale S.L., Nelson W.L., Beaton J.D. (2014). Soil Fertility and Fertilizers: An Introduction to Nutrient Management (8th ed.). Pearson.

7. Tursunov L.L., Xolmuratov J. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar unumdorligining pasayishi va uni tiklash yo‘llari. Agro Ilm, (3), Toshkent, 2021-y. B.22-25.

8. Кузиев Р.К. Почвы Узбекистана: генезис, эволюция, классификация и их рациональное использование. Tashkent: “Navruz”. 2017-y.

9. Беседин П.Н., Шадманов К.Ш., Юлдашев Г.Ю. Почвенный покров опытного участка СоюзНИХИ в совхозе ―Правда / Сб.науч.тр.приемы освоения эродированных почв Центральной Ферганы. – Ташкент, 1979.-С.b 15-35.

10. Xoldarov D.M., Ibroximova S.A. Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning morfologik xossalari. “Yangi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari”. Farg ‘ona, 2025-y., 4-son. 426-428 b.

11. Isag‘aliyev M.T. So‘x konus yoyilmasi sug‘oriladigan tuproqlarining geokimyoviy xususiyatlari: Biologiya fanlari nomzodi ... diss. avtoref. – Toshkent, 2010. – 26 b.

12. Abakumov E.V., Yuldashev G., Mirzayev U., Isag‘aliev M. “Current State of Irrigated Soils in the Central Fergana Desert…” (2023) 10 of 14.

13. Penn C.J., Camberato J.J. (2019). A critical review on soil chemical processes that control how soil pH affects phosphorus availability to plants. Agriculture, 9(6), 120.

Published

2026-02-03

How to Cite

SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI. (2026). Scientific Journal of the Fergana State University, 31(6). https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a%p

Most read articles by the same author(s)