MAHALLIY DARAXT POYA VA ILDIZI CHIQINDILARI ASOSIDA OLINGAN KOʻMIR ADSORBENTLARNING IQ-SPEKTRLARINI OʻRGANISH
DOI:
https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss4/a124Keywords:
daraxt poyalari, ildizlari chiqindilari, uglerodli adsorbentlar, fizik faollantirish, termik faollantirish, IQ-spektroskopiya, infraqizil spektroskopiya, mikrog‘ovaklik struktura, funktsional guruhlar.Abstract
Ushbu maqolada o‘rik daraxt poyalari va ildizlari ikkilamchi homashyosi asosida olingan uglerodli adsorbentlarining IQ-spektrlari tahlil qilingan. Daraxt poyalari va ildizlari organik va noorganik birikmalarga boy bo‘lib, ular yuqori miqdorda uglerod saqlovchi materiallar hisoblanadi. Bu o‘simlik biomassasining fizik faollantirish usuli yordamida ko‘mir adsorbentlari tayyorlangan va ularning fizikaviy hamda kimyoviy xususiyatlari infraqizil spektroskopiya (FTIR) usulida tahlil qilingan. Olingan ko‘mir adsorbentlarining funktsional guruhlari o‘rganilgan. Tadqiqotda o‘rik daraxti poyasi va ildizi asosida olingan ko‘mir adsorbentlarining IQ-spektroskopiyasi, ular tarkibidagi turli funktsional guruhlarning mavjudligini ko‘rsatilgan hamda ilmiy asoslangan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, yuqori haroratda termik va suv bug‘i bilan faollantirilgan ko‘mir adsorbentlarining sirtida organik funktsional guruhlar miqdori kamayadi va mikrog‘ovaklik strukturani hosil qilishi aniqlangan. Bu tadqiqot, daraxt poyalari va ildizlaridan olingan ko‘mir adsorbentlarining kimyoviy tarkibi va fizikaviy xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun muhim ilmiy ma'lumotlar taqdim etadi. Ko‘mir adsorbentlarining turli sanoat jarayonlarida, xususan, suv va havoni tozalash, sanoat chiqindilarini zararsizlantirish kabi sohalarda qo‘llanilishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
References
1. Bansal, R. C., &Goyal, M. (2005).Activated Carbon Adsorption. CRC Press.
2. Nagy, B., &Fekete, A. (2018).Fundamentals of Carbon Adsorption. Elsevier.
3. Li, X., et al. (2012).Characterization of activated carbon prepared from lignocellulosic biomass.Bioresource Technology, 104(1), 524-528.
4. Xie, S., & Liu, H. (2014).Infrared Spectroscopy of Carbon Materials. Journal of Spectroscopy, 2014(4), 1-10.
5. Spliethoff, H. (2010).The Chemistry and Technology of Coal. Springer Science & Business Media.
6. Zhang, L., et al. (2013).Adsorption of heavy metals on activated carbon from lignocellulosic biomass. JournalofHazardousMaterials, 252, 265-272.
7. Rachman, I., &Kusumadewi, D. (2017).Application of Activated Carbon from Biomass for Wastewater Treatment: A Review. JournalofEnvironmentalChemicalEngineering, 5(3), 2126-2137.
8. Gupta, V. K., & Jain, N. (2008).Removal of toxic materials from aqueous solutions using activated carbon derived from agricultural waste.EnvironmentalTechnology, 29(2), 161-166.
9. Sanchez, M. C., et al. (2019).Characterization of activated carbons from lignocellulosic materials by FTIR and XPS spectroscopies. JournalofColloidandInterfaceScience, 536, 338-348.
10. Kusumawati, I., &Nuraini, N. (2019).Adsorption properties of activated carbon derived from tree leaves and branches: A comparative study.EnvironmentalScienceandPollutionResearch, 26, 19145-19155.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Scientific journal of the Fergana State University

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.