logo
O‘zbekcha

TOG‘LI BIOTOPLARDA CARABIDAE (COLEOPTERA) FAUNASINING EKOLOGIK TUZILISHI VA ANTROPOGEN TA’SIR OSTIDAGI O‘ZGARISHLARI

Authors

  • ISMOYILJON MAXAMMADRASULOV UBAYDULLO O'G'LI

    BIOLOGY
  • Omonova Sevara Akramjonovna

DOI:

https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a%25p

Keywords:

Carabidae, tog‘ biotoplari, ekologik tuzilma, xilma-xillik, antropogen omillar, ekotizim, monitoring, ekologik tahlil

Abstract

Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysining turli biotoplarida (archazor o‘rmonlari, lalmikor dala-yaylovlar va intensiv bog‘dorchilik maydonlarida) Yer qo‘ng‘izlari (Carabidae) faunasining ekologik tuzilishini, turlar xilma-xilligini va dominant tarkibini aniqlashdan iborat. Tadqiqot 2024–2025-yillarda o‘tkazilib, namuna yig‘ish uchun “Pitfall” (chuqurlik) tuzoqlari va qo‘lda yig‘ish usullari qo‘llanildi. Har bir biotopda o‘rtacha 30 ta tuzoqdan jami 425 ta namuna to‘plandi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori xilma-xillik va populyatsiya zichligi archazor o‘rmonlarida (S=6, N=174, H′=1.79) qayd etildi, eng past ko‘rsatkich esa intensiv bog‘dorchilik maydonlarida (S=2, N=111, H′=0.69) kuzatildi. Shennon–Viner va Simson indekslari tabiiy biotoplarda turlar xilma-xilligi yuqori, inson faoliyati kuchaygan agrobiotoplarda esa pasayganini ko‘rsatdi. Ekologik tahlil natijalariga ko‘ra, barcha biotoplarda zoofag turlar ustun bo‘lib, ularning ulushi 60–75% oralig‘ida bo‘lgan. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysi ekotizimlarida antropogen omillar ta’sirida bioxilma-xillikning kamayish tendensiyasini ilmiy asosda tasdiqlaydi.

References

1. Andersen, A., & Hanssen, O. (2009). The use of pitfall traps for sampling ground beetles (Coleoptera, Carabidae) in different habitats. Norwegian Journal of Entomology, 56(1), 1–10.

2. Jabborov, U. K. (2020). Ecological and faunistic review of the ground beetles (Coleoptera, Carabidae) of the Fergana Valley, Uzbekistan. Entomological Review, 100(3), 421–435.

3. Kotze, D. J., & O’Hara, R. B. (2003). Changes in carabid beetle assemblages across an afforestation gradient in central Finland. Biodiversity and Conservation, 12(5), 899–921.

4. Kryzhanovskij, O. L. (1983). Fauna of the USSR: Ground Beetles (Carabidae) (Vol. 1, Issue 2). Science Publishers.

5. Lovei, G. L., & Sunderland, K. D. (1996). Ecology and behaviour of ground beetles (Coleoptera: Carabidae). Annual Review of Entomology, 41(1), 231–256.

6. Safarov, A. I. (2022). Influence of irrigation agriculture on the structure of ground beetle communities in the foothill zone of Uzbekistan. In Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Biodiversity Conservation in Central Asia” (pp. 115–118). Tashkent State University Press.

7. Sharova, I. Kh. (1981). Life forms of ground beetles (Carabidae). Nauka. Thiele, H. U. (1977). Carabid beetles in their environments: A study on habitat selection by adaptations in physiology and behaviour. Springer-Verlag.

Published

2026-02-03

How to Cite

TOG‘LI BIOTOPLARDA CARABIDAE (COLEOPTERA) FAUNASINING EKOLOGIK TUZILISHI VA ANTROPOGEN TA’SIR OSTIDAGI O‘ZGARISHLARI. (2026). Scientific Journal of the Fergana State University, 31(6). https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol31_iss6/a%p