Mualliflar uchun yo'riqnoma

Maqola tayyorlash va yuborish bo'yicha ko'rsatmalar

Majburiy maqola shablonlari

Maqola yuborishda FarDU ilmiy xabarlari uchun rasmiy shablonlardan foydalaning. Word yoki LaTeX yo'lidan birini tanlashingiz mumkin.

Yangi universal tizimda sarlavha, mualliflar, affiliatsiya, annotatsiya, kalit so'zlar, moliyalashtirish, manfaatlar to'qnashuvi va CRediT bayonotlari platformada alohida kiritiladi. Yuklanadigan maqola fayli faqat asosiy matn bo'lib, Kirish bo'limidan boshlanadi.

Eslatma: maqolalar faqat ushbu rasmiy shablonlar asosida tayyorlangan bo'lsa qabul qilinadi. Body faylga sarlavha, mualliflar, annotatsiya va kalit so'zlarni takroran yozmang; bu bloklar PDF'da tizim tomonidan avtomatik shakllantiriladi.

Maqola tuzilmasi (IMRAD)

Barcha tadqiqot maqolalari quyidagi IMRAD tuzilmasiga rioya qilishi kerak. Body fayl Kirish bo'limidan boshlanadi; metadata bloklari platformada to'ldiriladi.

📖 Kirish (Introduction) — muammoning qo'yilishi va maqola maqsadi
🔬 Metodlar (Methods) — tadqiqot usullari va materiallar
📊 Natijalar (Results) — olingan natijalar, jadvallar va grafiklar
💬 Muhokama (Discussion) — natijalar tahlili va taqqoslash
Xulosa — asosiy xulosalar va tavsiyalar
Adabiyotlar — APA 7 talablari asosida, body fayl oxirida

Formatlash talablari

Sahifalar soni
8-20 sahifa (adabiyotlar ro'yxati bilan)
Shrift
Times New Roman, 12 pt
Qator oralig'i
1.5 interval
Sahifa chegaralari
Barcha tomondan 2.5 sm
Rasmlar
JPEG yoki PNG, min 300 DPI
Jadvallar
Matn ichida joylashtirilgan, sarlavhali
Formulalar
MathType yoki Word formula muharriri
Fayl formati
DOCX yoki LaTeX (.tex)

Adabiyotlar ro'yxati

Adabiyotlar APA 7th Edition formatida rasmiylashtirilishi kerak. Kamida 15 ta manba bo'lishi tavsiya etiladi, ularning 50% dan ko'pi oxirgi 5 yilda nashr etilgan bo'lishi kerak.

Misol (jurnal maqolasi):

Karimov, A. B., & Toshmatova, B. R. (2024). Farg'ona vodiysi tarixiy yodgorliklarining zamonaviy himoyasi: muammolar va yechimlar. Scientific Journal of the Fergana State University, 5(3), 45-52. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol5.iss3.a5

Misol (kitob):

Landau, L. D., & Lifshitz, E. M. (1977). Quantum mechanics: Non-relativistic theory (3rd ed.). Pergamon Press.

Yuborish tartibi

  1. Ro'yxatdan o'tingRo'yxatdan o'tish sahifasida akkaunt yarating
  2. Shablonni yuklab oling — yuqoridagi shablonlardan birini tanlang
  3. Maqola body faylini tayyorlang — faylni Kirish bo'limidan boshlang, sarlavha va mualliflarni faylga kiritmang
  4. Metadata va bayonotlarni kiritingMaqola yuborish sahifasida sarlavha, mualliflar, annotatsiya, kalit so'zlar, COI, AI, data va CRediT maydonlarini to'ldiring
  5. Maqolani yuklang — DOCX yoki LaTeX body faylni, zarur qo'shimcha materiallar bilan birga yuklang
  6. Taqriz jarayoni — odatda 8-12 hafta ichida natija bildiriladi
  7. Tuzatishlar — Taqrizchi izohlari asosida qayta ishlash
  8. Nashr — Qabul qilingan maqola joriy sonda chop etiladi

Submission Checklist

Maqola yuborishdan oldin quyidagi bandlarni tekshiring. Ushbu ro'yxat tahririyatning texnik skrining jarayonini tezlashtiradi.

  • Sarlavha, annotatsiya va kalit so'zlar uch tilda yoki platforma talab qilgan tillarda to'ldirilgan.
  • Barcha mualliflar, affiliatsiyalar, email va ORCID ma'lumotlari platformada kiritilgan.
  • Body fayl Kirish bo'limidan boshlanadi; unda sarlavha, mualliflar, annotatsiya va kalit so'zlar takrorlanmagan.
  • Adabiyotlar APA 7 formatida rasmiylashtirilgan va matndagi barcha iqtiboslar ro'yxatda mavjud.
  • Plagiat, AI, manfaatlar to'qnashuvi, moliyalashtirish, data availability va CRediT bayonotlari platformada to'ldirilgan.
  • Inson yoki hayvon ishtirokidagi tadqiqotlarda etik komissiya/IRB/IACUC ma'lumotlari kiritilgan.
  • Rasm, jadval, formula, dataset va kodlar uchun ruxsat yoki litsenziya masalalari tekshirilgan.
  • Maqola fayli rasmiy DOCX yoki LaTeX shablonda tayyorlangan va anonim taqriz talablariga mos.

LaTeX va Overleaf orqali yuborish

Jurnal LaTeX (.tex) maqolalarni ham qabul qiladi. Buning uchun Overleaf integratsiyasi yoqilgan.

  1. Overleaf package shablonini yuklab oling
  2. Overleaf.com da yangi loyiha yarating va shablonni yuklang
  3. Maqolangizni yozib, PDF kompilyatsiya qiling
  4. Tayyor .tex va PDF fayllarni Maqola yuborish sahifasi orqali yuklang

Ma'lumotlar mavjudligi bayonnomasi

DOAJ va Scopus talablariga muvofiq, barcha mualliflar maqolada foydalanilgan ma'lumotlar (data) haqida bayonnoma kiritishi tavsiya etiladi.

Qachon kerak?

Eksperimental, statistik yoki hisoblash natijalariga asoslangan barcha maqolalarda «Data Availability Statement» bo'limi maqola oxirida, Adabiyotlar ro'yxatidan oldin joylashtirilishi kerak.

Bayonnoma namunalari

  • Ochiq ma'lumotlar: «Ushbu tadqiqotda foydalanilgan ma'lumotlar [repository nomi] da ochiq foydalanish uchun mavjud: [URL/DOI].»
  • So'rov bo'yicha: «Tadqiqot ma'lumotlari asosli so'rov bo'yicha muallifdan olinishi mumkin.»
  • Cheklangan: «Ma'lumotlar maxfiylik/etik cheklovlar sababli ochiq emas. Tafsilotlar uchun muallif bilan bog'laning.»
  • Yangi ma'lumot yo'q: «Ushbu maqolada yangi ma'lumotlar yaratilmagan yoki tahlil qilinmagan.»

Tavsiya etilgan repositoriylar

  • Zenodo — umumiy ilmiy ma'lumotlar
  • Figshare — raqamlar, jadvallar, datasetlar
  • Dryad — biologik va ekologik ma'lumotlar
  • GitHub — dasturiy kod va algoritmlar

Mualliflik rollari (CRediT taksonomiyasi)

Jurnal CRediT (Contributor Roles Taxonomy) standartini qo'llab-quvvatlaydi. Mualliflar maqola yuborish jarayonida har bir muallifning asosiy hissasini tanlaydi; alohida PDF forma talab qilinmaydi.

Asosiy CRediT rollari

Rol Tavsif
ConceptualizationTadqiqot g'oyasi va maqsadini shakllantirish
MethodologyMetodologiyani ishlab chiqish yoki moslashtirish
InvestigationTajriba, kuzatuv yoki ma'lumot to'plash
Formal analysisStatistik, matematik yoki sifat tahlili
Writing — original draftDastlabki qoralama yozish
Writing — review & editingMatnni tanqidiy ko'rib chiqish va tahrirlash
SupervisionTadqiqotga ilmiy rahbarlik va nazorat

Yozish formati

Tanlangan rollar tizimda saqlanadi va maqola qabul qilinganda yakuniy faylga quyidagi mazmunda kiritiladi:

Author contributions: A.A. Rahimov: Conceptualization, Methodology, Writing — original draft. B.B. Karimova: Investigation, Formal analysis. C.C. Toshmatov: Writing — review & editing, Supervision.