Indeksatsiya va arxivlash

«FarDU ilmiy xabarlari» jurnalining xalqaro indekslarga kirishi va arxivlash siyosati haqida maʼlumot.

Hozirgi indeksatsiya

«FarDU ilmiy xabarlari» jurnali quyidagi xalqaro ilmiy bazalarda rasmiy indekslangan:

Indekslangan — ICV 54.24 (2025.10)
Indekslangan
Indekslangan — IF 6 (2026)
Google Scholar
Indekslangan

O'zbekiston Respublikasi VAK'da ro'yxatga olingan ixtisosliklar

FarDU ilmiy xabarlari jurnali O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (VAK) tomonidan quyidagi ixtisosliklar bo'yicha tasdiqlangan:

  • 02.00.00 — Kimyo fanlari
  • 03.00.00 — Biologiya fanlari
  • 07.00.00 — Tarix fanlari
  • 09.00.00 — Falsafa fanlari
  • 10.00.00 — Filologiya fanlari
  • 11.00.00 — Geografiya fanlari
  • 13.00.00 — Pedagogika fanlari
  • 23.00.00 — Siyosiy fanlar

Metadata standartlari

Barcha nashr etilgan maqolalar Dublin Core metadata standartlariga mos ravishda formatlangan. DOI raqamlari Crossref orqali tayinlanadi. Google Scholar meta-teglari barcha maqola sahifalarida mavjud.

Arxivlash siyosati

Jurnalning barcha sonlari va maqolalari doimiy raqamli arxivda saqlanadi. Mualliflar o'z maqolalarining preprint va postprint versiyalarini shaxsiy veb-saytlari yoki muassasa repozitoriylarida joylashtirish huquqiga ega (CC BY 4.0 litsenziyaga muvofiq, faqat notijorat maqsadlarda va o'zgartirishlarsiz).

Rejalashtirilgan indeksatsiya

Jurnal kelajakda quyidagi yirik xalqaro bazalarda indekslanish maqsadida faol ish olib bormoqda: DOAJ, Web of Science (ESCI), Scopus. Bu yo‘nalishda zaruriy talablar izchil bajarilmoqda: ikki tomonlama yopiq taqriz (double-blind), har maqolaga DOI, uch tilda metadata, ORCID integratsiyasi, COPE/ICMJE etika standartlari.

Scopus title evaluation uchun amaliy yo‘l xaritasi
  • Saytda peer-review jarayoni ochiq va aniq tasvirlangan bo‘lishi
  • ISSN, muntazam nashr jadvali va to‘liq onlayn arxivning uzluksiz yuritilishi
  • Har maqola uchun inglizcha sarlavha, abstract va keywords mavjud bo‘lishi
  • Public ethics va publication malpractice statement e’lon qilingan bo‘lishi
  • Tahrir hay’ati va mualliflar tarkibida xalqaro/geografik xilma-xillik oshirilishi
  • Bosh sahifa va maqola sahifalarida metadata sifati hamda topilish imkoniyati kuchaytirilishi

Ilmiy izlanishlaringizni nashr eting

Tadqiqotlaringiz natijalarini dunyo bilan baham ko‘ring.

Maqola yuborish
ResearchBIB ResearchBIB IF 6 Telegram bot @FarDUilmiyxabarlaribot