Taqriz jarayoni
Jurnal ikki tomonlama yopiq ekspert taqriz jarayonini qo'llaydi.
Jurnal ikki tomonlama yopiq ekspert taqriz jarayonini qo'llaydi.
Jurnal ikki tomonlama yopiq taqriz (double-blind peer review) jarayonini qo'llaydi. Mualliflar taqrizchilar kimligini bilmaydi, taqrizchilar esa maqola mualliflari kimligini bilmaydi.
Platformada muallif ism-sharifi, affiliatsiya, email, ORCID va boshqa identifikatsiya qiluvchi ma'lumotlar taqrizchilarga ko'rsatilmaydi. Mualliflar maqola matnida o'zini aniqlatadigan iboralarni kiritmasligi kerak.
Tahririyat taqrizchini tanlashda ilmiy kompetensiya, mustaqillik va maxfiylikka rioya qilish qobiliyatiga e'tibor beradi.
| Bosqich | Muddat | Mas'ul |
|---|---|---|
| Yuborish va metadata tekshiruvi | 1 ish kuni | Platforma / kotibiyat |
| Texnik skrining | 1-3 ish kuni | Tahririyat |
| Plagiat va etik tekshiruv | 2-5 ish kuni | Tahririyat |
| Muharrir bahosi | 3-7 ish kuni | Bosh muharrir / bo'lim muharriri |
| Taqrizchilar tanlash | 1-2 hafta | Tahririyat |
| Ekspert taqrizi | 2-4 hafta | Taqrizchilar |
| Tahririyat qarori | 3-7 ish kuni | Tahrir hay'ati |
| Muallif tuzatishlari | 1-3 hafta | Mualliflar |
| Yakuniy qaror va nashrga tayyorlash | 1-2 hafta | Tahririyat / maket guruhi |
| Jami | 8-12 hafta |
Taqrizchi bo'lishni istasangiz, review@fardu.uz manziliga murojaat qiling. Mutaxassislik yo'nalishingiz, ORCID yoki ilmiy profillaringiz, asosiy nashrlaringiz va taqriz tajribangiz haqida qisqa ma'lumot yuboring.
Tadqiqotlaringiz natijalarini dunyo bilan baham ko‘ring.
Maqola yuborish