NIKOH URF-ODATLARI BILAN BOG‘LIQ KIYIMLARNING TO‘Y QO‘SHIQLARIDAGI POETIK TALQINI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Shomurodova Sunbula G‘olibovna

Annotatsiya

Ushbu maqolada nikoh to‘yi marosimi bilan bog‘liq kiyim-kechaklar obrazi anʼanaviyligi, turg‘un ramziy obraz sifatida kelishi haqida so‘z yuritilgan. Liboslar o‘zbek folklorida real va ramziy maʼnolarda sevgi, oila, farzand, hosildorlik g‘oyalari, maishiy turmush bilan bog‘lab keltiriladi. Hamda har bir xalq qo‘shig‘i ijtimoiy turmush tarzidan darak beradi. Ko‘pincha marosim qo‘shiqlarida eski va yangi turmushga xos predmet va buyumlar ham qiyoslanib keladi. Umumxalq tili leksik boyligining ajralmas qismini tashkil etgan kiyim-kechak nomlari nafaqat badiiy ifoda bilan keladi, balki o‘z atalish xususiyatlari mavjudligini isbotlab beradi. Shuningdek, kiyim-kechaklardagi etak, belbog‘, yoqa kabi yordamchi qismlar ham o‘zining ramziy maʼnosiga egadir. Ular muayyan badiiy-estetik vazifalarni ifodalagan. Nikoh marosimida kelin va kuyov kiyadigan liboslar tarkibida ko‘rsatib o‘tilgan mato turlari qo‘shiqda uchraydigan lirik qahramonning qaysi tabaqa vakilidan bo‘lganligini obrazlantirish vositasi bo‘lib ham ko‘rsatib beradi. Xususan, xalq lirikasida jinslar sevgisi, oila, farzand, do‘st-dugonalar, ota-onaga mehr-muhabbat tuyg‘ularini aks ettirishda kiyim-kechak obrazlari alohida o‘ringa egaligi tarixiy-madaniy hamda qiyosiy-analitik metodlar orqali yoritib berilgan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim
Ilmiy axborot
muallifning biografiyasi

Shomurodova Sunbula G‘olibovna, Bukhara State University

Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti doktoranti (PhD)

Foydalaniladigan adabiyotlar

Аширов А. Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари. – Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007. – 276 б. (Ashirov A. Ancient beliefs and rituals of the Uzbek people.-T.:Publishing House of the National library of Uzbekistan named after Alisher Navoi, 2007.-276 p.).

Жўраев М., Худойқулова Л. Маросимнома. Ўзбек халқининг урф-одат ва маросимлари ҳақида қисқача маълумотнома. – Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2008. – 48 б. (Joraev M. Khudoykulova L. Ceremony Brief information about the customs and ceremonies of the Uzbek people. T.:National library of Uzbekistan publishing house, 2008. – 48 p.).

Мусақулов А. Ўзбек халқ лирикаси тарихий асослари, бадиияти. – Т.: Фан, 1995. – 166 б. (Musakulov A. Historical foundations, art of Uzbek folk lyrics. -T.: Science, 1995.-166 p.).

Снесарев Г.П. Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма. – М.: Наука, 1969. – С.221-222. (Snesarev G.P. Relics of pre-Islamic beliefs and rituals among the Uzbeks of Khorezm. –M.: Science, 1969. – P.221-222.).

Н.Содиқова.Ўзбек миллий кийимлари. ХIX-ХХ асрлар. – Т.: Шарқ, 2003. – Б.6. (N.Sodikova. Uzbek national clothes. XIX-XX centuries. –T.:Shark, 2003.- P.6.).

Мусақулов А. Ўзбек халқ қўшиқлaрининг тарихий асослари. – Т., 1995. – Б.154. (Musakulov A. Historical foundations of Uzbek folk songs. –T.: 1995.-P.154.).

Оқ олма, қизил олма. Ўзбек халқ қўшиқлари. Кўп томлик. Тўпловчи М.Алавия. –Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1972. – 232 б. (White apple, red apple.Uzbek folk songs. Many roofs. Collector M. Alaviya. – Literature and Art publishing house named after G.Gulom, 1972. – 232 p.).

Тўй муборак, ёр-ёр. Тўпловчи ва нашрга таёрловчи О.Сафаров. – Т.:Маънавият,

– 160 б. (Tuy muborak, yor-yor. O.Safarov, editor and publisher. –T.: pirituality -,2000. – 160 p.).